Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan yangi qonun loyihasida faxriy donorlar uchun bir qator imtiyozlar nazarda tutilmoqda.

Aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdorini oshirish ko‘zda tutilyapti.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar shahar jamoat transportidan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ularga sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish imkoniyati yaratiladi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Faxriy donor”lar jamoat transportidan bepul foydalanishi kutilmoqda