Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va suğurta masalalari muhokama qilindi
Xavfsizlikni taʼminlaş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va aholi hamda tadbirkorlik subʼektlarining bu boradagi masʼuliyatini oşiriş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida bozorlar va savdo komplekslarida yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş, mol-mulkni suğurtalaş hamda isitiş mavsumida is gazidan zaharlaniş holatlarining oldini oliş alohida eʼtibor talab qiladi.
Urgançda mazkur masalalar yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Xorazm viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda «Özbekinvest» eksport-import suğurta kompaniyasi AJ Xorazm viloyat filiali hamkorligida taşkil etilgan matbuot anjumanida dolzarb vazifalar atrofliça muhokama qilindi.
Unda Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi masʼul xodimlari, suğurta kompaniyasi vakillari, bozorlar va savdo komplekslari masʼullari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etdi.
Matbuot anjumanida dastavval viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari Uçqun Tursunbayev hududdagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari, bozorlar va savdo komplekslarida yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş, elektr va gaz jihozlaridan töğri foydalaniş, isitiş moslamalarini soz holatda saqlaş hamda yonğin kelib çiqişining oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar haqida axborot berdi.
Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş, mörilar va ventilyatsiya tizimlarining sozligini taʼminlaş, gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik hamda is gazidan zaharlaniş xavfini kamaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan tarğibot-profilaktika işlari, şuningdek, zamonaviy xavfsizlik texnologiyalaridan foydalaniş masalasiga ham alohida töxtaldi.
– Mavsum davomida 30 ming 134 ta köp qavatli uylardagi xonadonlar texnik körikdan ötkazildi, – deydi Uçqun Tursunbayev. – Yonğin-qutqaruv qismlari şaxsiy tarkibi tomonidan 46 ming 150 ta xonadonda xavfsizlik qoidalari böyiça keng qamrovli tarğibot işlari olib borildi. Köp qavatli uylarning 4 ming 501 ta kiriş yölagi öt öçirgiçlar va evakuatsiya yöriqnomalari bilan taʼminlandi. Şuningdek, xonadonlarga 3 ming 538 ta gaz-analizator, 4 ming 501 ta tutunni aniqlovçi va 2 ming 699 ta is gazini sezuvçi maxsus qurilmalar örnatildi. Profilaktika tadbirlari jarayonida 96 ming 481 ta yakka tartibdagi yaşaş uylari körikdan ötkazilib, 237 ming 136 ta xonadonda tuşuntiriş işlari taşkil etildi. mavsum boşidan buyon 14 ming 729 ta yakka tartibdagi xonadonlar va 4 ming 815 ta köp qavatli uylarning dudburon va ventilyatsiya tizimlariga texnik xizmat körsatuvçi taşkilotlar jalb qilinib, soz holatga keltirildi.
“Özbekinvest” eksport-import suğurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyat filiali boş menejeri Sarvar Iskandarov bozorlar va savdo komplekslarida yonğin xavfsizligini taʼminlaş bilan bir qatorda suğurta himoyasining ahamiyati, suğurtalaş bilan boğliq tartib-taomillar, suğurta şartlari hamda favqulodda hodisalar oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan moddiy zararlarni qoplaş masalalari haqida maʼlumot berdi.
[gallery-32535]
Matbuot anjumanining savol-javob qismida jurnalistlar va blogerlar tomonidan bozorlar hamda savdo komplekslarida yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş, majburiy suğurtalaş tartibi, is gazidan zaharlanişning oldini oliş, zamonaviy signalizatsiya va ogohlantiriş qurilmalaridan foydalaniş yuzasidan qator savollar örtaga taşlandi.
Berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar va mavzular yuzasidan zarur tuşuntirişlar berildi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov(surat),
ÖzA muxbirlari