“Farzandlarim kelajagi uchun ovoz berdim”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy saylov okrugidagi Uchquduq tumanida joylashgan 23 ta saylov uchastkasining barchasida bugun ertalab soat 8:00 da ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda. Saylovchilarning elektron ro‘yxati asosidagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Uchquduq tumanida saylovchilarning umumiy soni 24 616 nafarni, jumladan, birinchi marta saylovda qatnashuvchi yoshlar 1719 nafarni tashkil etmoqda.

Uchquduq tumani markazidagi 211-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari aholining faol ishtirokida boshlandi.
– Prezident saylovi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan siyosiy jarayon, – deydi Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi kadrlar byurosi boshlig‘i Oybek Hamidov.
– Biz bugun ertalabdan oilamiz bilan saylov uchastkasiga kelib, farzandlarimiz kelajagi uchun o‘zimiz tanlagan munosib nomzodga ovoz berdik.
Rayhon Qodirova,
Xalq deputatlari
Uchquduq tuman Kengashi deputati.
O‘zA