Prezidentimizning farmoni bilan Tokioda bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, og‘ir atletika bo‘yicha 55 kilogramm vazn toifasida dast ko‘tarish mashqida 98 kilo toshni ko‘tarib, olimpiada rekordini o‘rnatgan Muattar Nabiyeva «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan jahonning eng muhim va yirik sport musobaqasi Olimpiada o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jumladan, andijonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 98 kilo, siltab ko‘tarish 114 kilo, jami 212 kilogramm natija bilan  4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Baliqchi tumanining chekka Guravon mahallasida tug‘ilib, oddiy oilada voyaga yetgan qishloq qizining yuzlab davlatlar vakillari qatnashayotgan musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egallashi, olimpiada o‘yinlari tarixida dast ko‘tarish bo‘yicha o‘z vazn toifasida eng yuqori natijani ko‘rsatishining o‘zi katta yutuq hisoblanadi.  

Besh karra Osiyo, o‘n olti karra O‘zbekiston chempioni, 2017 yilda Osiyoning eng yaxshi sportchi qizi, deya e’tirof etilgan Muattar Nabiyeva yuksak mukofot bilan taqdirlanganligidan, ayniqsa, uning yaqinlari, oila a’zolari behad mamnun bo‘ldi.  

– Qizimning sportdagi yutuqlari e’tirof etilib, “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganini eshitib butun oilamiz quvondi, ayniqsa, men quvonchimni biror so‘z bilan ta’riflay olmayman. Farzandi yutug‘ini ko‘rish, undan quvonish har bir ota-onaga nasib etsin. Menga ham shunday baxtli kunni ko‘rganimdan juda baxtiyorman.  

Mamlakatimizda sportga, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq bugun Muattar Nabiyeva singari ko‘plab yoshlarimiz xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyat qozonib, yurtimiz shuhratini ko‘klarga ko‘tarmoqda, o‘zbek yoshlari nimalarga qodir ekanligini namoyish etmoqda.  

– E’tirof, berilgan ushbu mukofot menga kuch, shijoat bag‘ishlaydi, – deydi olimpiada rekordchisi M. Nabiyeva. – Yurtboshimiz ishonchi va e’tiboriga munosib bo‘lishga, kelgusida bo‘lib o‘tadigan Osiyo, jahon chempionati va boshqa xalqaro sport musobaqalarida yanada yuqori natijalarga erishish uchun astoydil harakat qilaman.  

Ishonchimiz komil, Muattarning ezgu niyatlari albatta, ijobat bo‘ladi. Chunki unda shijoat, fidoiylik, qalbida ertangi kunga umid, Vatan sha’nini yuksaklarga ko‘tarishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor.

F. UBAYDULLAEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandi yutug‘ini ko‘rish, undan quvonish baxti barcha onalarga nasib etsin