Orif To‘xtash - Bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi raisi.

- Keyingi paytlarda O‘zbekistonda bolalar adabiyotiga katta e’tibor qaratildi. Lekin sohada ba’zi bir yechimini kutayotgan masalalar ham yo‘q emas. Bolalar adabiyoti borasida uchrayotgan muammolar nimalardan iborat? Bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari bormi?  

- Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan adabiyot ahliga, ijod ahliga boshqacha bir mehr, e’tibor ko‘rsatilmoqda. 22 dekabr kuni, bundan bir oy oldin Prezidentimiz Ma’naviyat va ma’rifat respublika kengashi qurultoyini o‘tkazdi va barcha ijodkorlarni yig‘ib, dildan suhbat qurdi. Bolalar adabiyoti yo‘nalishida ijod qilayotgan ijodkorlarning mahsulotlarini chop etish va bu yo‘nalishdagi barcha nashriyotlarni soliqdan ozod qilish masalasi ko‘tarildi. Muhtaram Prezidentimiz respublikamizdagi barcha ijodkorlarni o‘zlariga chorlab, “Qanday muammolar bor? Qanday masalalarda biz e’tibor qaratishimiz kerak  bo‘lgan jihatlar bor? – degan savollar bilan murojaat qildilar. Kengash  yig‘ilishidan keyin bir xulosaga keldimki, biz peshonasi yarqiragan mamlakatda yashayapmiz.    

Qalam haqi masalasi ijodkorlarimizni juda bir og‘riqli masalasi. Bu borada ham yechim taklif qildilar. (davomi videoda)  

- Muammoning bir qismi hal bo‘ldi, deylik. Endi ijodning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, umuman shu yo‘nalishda ijodkorlar safi ko‘payaptimi? Chunki, bolalar adabiyoti insonning ruhiyatini shakllantiradi.  Buning ham o‘z davriyligi bor, ya’ni maktabgacha ta’lim yoshidagilar va o‘spirinlik yoshidagilarga yoziladigan adabiyotlar bo‘lishi kerak. Bolajonlarimizning dunyoqarashiga mos adabiyot shakllanyaptimi?  

- To‘g‘ri bugungi kunda bolalar adabiyoti yo‘nalishida ijodkorlar u qadar ko‘p emas. Ijodkorlarimizning safini kengaytirish uchun albatta rag‘bat ham bo‘lishi kerak. Juda ko‘p yozuvchilar “ijod qilib, nimayam topdim”, deganday kayfiyatga kelib, tashlab ketganlarning ham shohidi bo‘lganmiz-da. Mana shu e’tibordan keyin bolalar uchun ijod qiladiganlarning safi ko‘payapti, asarlar yog‘ilib kelyapti.  

Farzandlarimizni, atrofdagi yoshlarni kitobxon qilish uchun birinchi o‘rinda o‘zimiz ham kitob o‘qishimiz kerak. Farzand ta’limi, farzand tarbiyasi masalasiga yengil-yelpi qarash - bu fojia. (davomi videoda)  

 <iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wY2vedDSoA0?si=v4MT2NIGFrUAVnLY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,  

Abror Sodiqov,  

Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzand ta’limi, Farzand tarbiyasiga yengil yelpi qarash bu fojia (+video)