Poytaxtimizda milliy estrada san’atimiz asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining barpo etilishi yurtimiz madaniy hayotida o‘ziga xos voqelik bo‘ldi.

Botir Zokirov va bugungi qo‘shiqchilik san’ati, o‘lmas asarlar mezoni, “Ovoz” loyihasi, sulola yosh vakillarining san’atdagi hozirgi o‘rni to‘g‘risida ustoz xonanda, O‘zbekiston xalq artisti, “Yalla” ansamblining badiiy rahbari Farrux Zokirov bilan suhbatlashdik.

–  Shu kunlarda butun xalqimiz, ayniqsa Zokirovlar sulolasi vakillarining qalbi cheksiz quvonchga, faxrga to‘ldi. Buni shunchaki ifodalash juda qiyin. San’atsevar xalqimiz uchun katta bayram bo‘ldi.   Akam rahmatlining pok ruhlari shod bo‘lmoqda. O‘zbekistonning poytaxti, Toshkentning qoq markazida Botir akamga atab haykal bunyod etildi. Uning yonida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, sal o‘tganda esa Milliy estrada san’ati institutining muhtasham binosi ko‘rk to‘kib turibdi.

Botir Zokirov milliy estrada san’atimizga asos yaratib ketdilar. Uning ildizlarini, tamal toshini qo‘ydilar. Qandaydir sabablar bilan bir muddat bu ildizlar parvarishsiz qolgan edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu ildizlarga qaytadan mehr, e’tibor, parvarish ko‘rsatildiki, ular ulkan daraxtlarga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti tashkil etilishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

–Estrada san’ati haqida fikrlaringiz qanday?

–Ilgari estrada yengil san’at hisoblanardi. Bunday institutning barpo etilishi hali tarixda bo‘lmagan. Aslida estrada juda mas’uliyatli, murakkab, jiddiy san’at. Uning auditoriyasi juda keng. Sahna – muqaddas. Tomoshabinlarga taqdim etiladigan qo‘shiqlarga ham katta mas’uliyat bilan yondoshish kerak. Biz bu maktabni sulolamiz kattalaridan – dadamiz Karim Zokiriydan, onajonimiz Shohista ayadan ko‘rdik. Botir aka yoshlar estradani yengil yo‘nalish deb o‘ylashadi, deya ko‘p aytardilar. Yosh ekanmanmi, bastakor sifatida yozgan musiqalarimni Botir akamga ko‘rsatardim. Lekin ular yozganlarimni hali xom ekanini aytardilar. 1974 yili bir musiqam akamga ma’qul kelib, shuni qo‘shiq qilib aytsam maylimi, deb mendan so‘radilar. Bu “Majnuntol” qo‘shig‘i edi. Hazillashib o‘ylab ko‘raman, deb javob qaytaribman... Bu gaplarni nima uchun aytayapman? Boshimizdan nimalar o‘tmadi?!

Keyingi yetti yil ichida san’atning barcha yo‘nalishlarida katta e’tiborni, jonkuyarlikni, mehrni kuzatish mumkin. O‘zimni baxtiyor inson deb bilaman. Bu ijodiy jarayonga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilmoqdaman. Hozirda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada institutida professor sifatida yoshlarga saboq bermoqdaman. Bu oliygohning talabalari Botir Zokirov boshlagan san’atning davomchilaridir. San’atkor xotirasiga haykal o‘rnatilgani sulolamizning, butun O‘zbekistonning bayramiga aylandi. Davlatimiz rahbarining qancha-qancha tashvishlardan ortib, shu ezgu ishga tashabbuskor bo‘lganlari san’atimizga yuksak e’tiborning namunasidir. Yoshlar o‘z bobolarini, ajdodlarini bilishi kerak. Estrada san’atining ildizlari juda baquvvat. Bu ildizlar tomosha san’ati, maydon san’ati, baxshichilik san’atiga asoslanadi.   

–  Botir aka og‘ir xastaliklariga qaramay, san’at yo‘lini tanlagan ekanlar...

–    Darhaqiqat, Botir akam yoshlikdan og‘ir kasallikka uchradilar. Lekin ular dardlari haqida hech qachon gapirmaganlar. “Kuylamoq yashamoqdir” degan shior Botir akamga tegishli edi. Hayotni sevadigan, xalqparvar, vatanparvar inson edilar. Maktablarda, to‘garaklarda ko‘p qo‘shiq aytardilar. Lekin katta sahnada rasman “O‘zbekiston – nurli bo‘ston” qo‘shig‘ini ilk qo‘shiq tarzida ijro etganlar. Ularning eng so‘nggi kuylaganlari – katta sahnadagi tantanali konsertga “Tez yordam” mashinasida borib ijro etgan qo‘shiqlari ham “O‘lkam, omon bo‘l!” deb nomlangan. Demoqchimanki, Botir akamning katta sahnadagi ilk  qo‘shig‘i ham, eng so‘nggi qo‘shig‘i ham Vatan haqida edi. 

–Botir Zokirov asos solgan musiqa zali (Music Hall) haqida ham so‘zlab bersangiz.

–  O‘z davrida teatr, raqs va musiqani o‘zida mujassam etgan o‘ziga xos musiqiy tomosha – Music Hall Moskva, Leningrad kabi shaharlarda juda rivojlangan edi. 70-yillarning o‘rtalarida Botir akam ushbu zavqli tomoshalarni Toshkentda ham tashkil etish g‘oyasini  ilgari surdilar. Yaxshi rejissyorlar jalb etildi. Avvaliga Toshkentda musiqa zali tashkil etishga leningradliklar  istehzo bilan qaragan edi. Lekin Botir akam o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqara olgan edilar. Toshkentdagi musiqa zaliga leningradliklar maftun bo‘lgan.

–  O‘lmas asarlar yaratishning mezoni qanday?

–  Har qaysi davrning o‘z talabi bo‘ladi. Hozir odamlar 3-4 daqiqa bir-biri bilan gaplashgan bo‘ladi-da, keyin darrov telefonga berilib ketadi. Eng qimmatbaho qadriyatlardan biri – jonli muloqot tobora yo‘qolib ketmoqda. O‘z davrida choyxonalar o‘zaro muloqot, madaniyat, fikr almashish maskani sanalardi. Ota-onalarimiz teatr truppasi bilan joylarga safarga chiqqanlarida choyxonalar ular uchun tomosha maskani, ham ovqatlanish joyi, ham  yotoqxona vazifasini o‘tagan. “Yalla” ansambli ham ota-onalarimizning tavsiyasi, maslahat va yo‘l-yo‘riqlari, ezgu nasihatlari asosida shakllangan.  Qayga bormaylik, doim milliylikni, O‘zbekistonni, uning bebaho san’atini, madaniyatini targ‘ib etdik. Nazarimda o‘lmas asarlar milliylikka tayanadi. 

– Yoshlar ijodida sizningcha nimalar yetishmayapti?

–  Ustoz, maktab ko‘rish muhim. Sahna muqaddas ekanini, uning mas’uliyatini anglash kerak. Sahnaga yirtiq jinsida chiqib, “bu bizning imijimiz” deyish yaramaydi. O‘zbekistonning o‘z an’analari, hayotiy mezonlari, yozilmagan qonuniyatlari bor. Yuksak mas’uliyat, sahna madaniyati, sahnaga, tomoshabinga hurmatni anglashi kerak yoshlar. Botir akam Ikrom Akbarov, Sulton Akbariy, Turob To‘la, Abdulla Oripov ijodiga juda ko‘p murojaat etardilar. Qo‘shiq she’rining mazmuni kuchli bo‘lishi kerak. Har xil she’rlar bor. Yoshlar hozir to‘ylarga chaqirilishdan umidvor. Shuning uchun ham qo‘shiqlar to‘ybop, yengil-yelpi bo‘lib bormoqda. Talaba o‘qishni tamomladi. Uning keyingi taqdiri nima bo‘ladi – bu muammo. Ilgari  gastrol-konsert faoliyati jarayoni juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. To‘y boshqa, sahna boshqa. Sahna uchun yaratiladigan qo‘shiqlar badiiy jihatdan juda barkamol bo‘lishi kerak. 

–  Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Ovoz” loyihasi haqida fikringizni bilmoqchi edik.

–  “Ovoz” loyihasi o‘zini oqlayaptimi yo‘qmi, buni bilmayman. Lekin ushbu loyihaning mohiyati "mardi maydon" tamoyiliga asoslangan. Kimning iste’dodi qanday bo‘lsa, o‘sha yuzaga chiqaveradi. “Ovoz” loyihasi 70 dan ortiq mamlakatda bor ekan. Ayniqsa, uning hozirgi bosqichi juda murakkab. 12 nafar ishtirokchidan 6 nafari qolishi kerak. Kimni ro‘yxatdan chiqarishni ustozlar hal qiladi. Loyihaning qiziqarli jihati – bahs-munozara, hayajonlar avjiga chiqadi. Iste’dodi borlar yuzaga chiqadi. Umid qilsa bo‘ladigan yoshlar borligi quvonarlidir. Loyihadagi barcha jarayonlar haqiqatga tayanadi.  

–  Zokirovlar sulolasining bugun san’atdagi o‘rni qanday?

–  Mening nevara jiyanim – Botir akamning nevara qizlari Sayyora bu yil konservatoriyani bitirib, yaxshi yutuqlarga erishmoqda. Farzandlarim boshqa yo‘lda. Ravshan ukamning farzandi aranjirovkachi. Botir akaning kichik o‘g‘illari musiqa yozadi. Dadamlar “o‘rtamiyona san’atkor bo‘lgandan ko‘ra, umuman bu yo‘lni tanlamagan ma’qul”deb ko‘p marta aytardilar... 

16 may yurtimizda katta bayramga aylandi. Bu voqelik Zokirovlar oilasi, barcha yurtdoshlarimiz uchun taqdimot, sovg‘a bo‘ldi. Ayniqsa, oilamiz uchun oliy baxt, cheksiz g‘urur bag‘ishladi. Yangi O‘zbekistonning natijalarini hammamiz ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz, buning uchun Prezidentimizga rahmat aytamiz. Yurtimiz doim tinch, obod bo‘lsin! Biz ham shu tinchlikning qadriga yetaylik!

O‘zA muxbiri 

Nazokat Usmonova 

yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farrux Zokirov: “Botir akamning katta sahnadagi ilk qo‘shig‘i ham, oxirgi qo‘shig‘i ham Vatan haqida edi”