“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihamizning bu galgi sonida Abu Nasr Farobiy to‘g‘risidagi muhim faktlar bilan tanishishingiz mumkin.

1) O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri va qomusiy olimi Abu Nasr Farobiy 873 yilda Sirdaryo sohilidagi Farob shahrida tavallud topgan.

2) Olim avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bog‘dodda bilim olgan.

3) Abu Nasr Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik, adabiyot sohalari bilan shug‘ullangan.

4) Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlagani va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitganidir.

5) Abu Nasr Farobiy o‘rta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratgan.

6) Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitgani uchun “Al-muallim as-soniy”, “Sharq Arastusi” nomlariga sazovor bo‘lgan.

7) Farobiy 160 dan ortiq asar yozgan, lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan.

8) Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.

9) Olim qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi.

10) Abu Nasr Farobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan va “Bob as-sag‘ir” qabristoniga dafn qilingan.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EH70Czuyz50?si=a5QQQi42xr2ceXpn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova,

A.Ahmedov (video),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farobiy haqida 10 ta fakt (+video)