Farmon Toshev shoir, adib, dramaturg, jurnalist sifatida o‘quvchiga bir necha o‘nlab kitoblar sovg‘a qilgan. U umrining har faslida inson va jamiyat, inson va tabiat kabi falsafiy xulosalar jam qilgan to‘plamlar yaratdi. Adibning dunyoga, hayot me’zonlariga o‘z qarashi bor.

–Bugun odamlarga tushuntiradigan emas, ularni ishontiradigan davr gazeta, televideniye tarbiyada ko‘proq samara beradi, – deydi Farmon Toshev.

Nihoyat bugun, Farmon Toshev 70 yoshdan oshgan kunlarda uning to‘rt jilddan iborat saylanmalari dunyo yuzini ko‘rdi. Uning ilk taqdimoti Farg‘onada, ijodkor, ziyoli va jurnalistlar davrasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yozuvchilar va jurnalistlar uyushmalari viloyat bo‘limlari tashkil etgan anjumanda so‘z olganlar Farmon Toshev ijodidagi janrlar uyg‘unligi va o‘ziga xosligi, uning mahorat sirlari, asarlaridagi g‘oyaviy yetuklik, vatanparvarlikni xalqona ifodalash uslublari haqida gapirdilar. Taqdimot aslida katta she’rxonlikka aylanib ketdi. Shoirlar saylanma muallifi she’rlaridagi g‘oya va uslubni davom ettirgan holda o‘z ash’orlarini o‘qidilar va albatta, Farmon Toshevning g‘azallari yangradi.

–Bugun yaxshi kitob yozish, yaxshi so‘z bilan insonlar qalbida vatanparvarlik, mehr-muxabbatni targ‘ib qilish, qadriyatlarimizni mustahkamlash ayni paytda dolzarb masala hisoblanadi, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Dilshoda Ergasheva. –Farmon Toshev tilidan yangragan she’rlar har bir yurtdoshimizning ko‘nglidan joy olishi shubhasiz.

Farg‘onalik ijodkorlar ustozning fuqaroviy yondoshuvlarini e’tirof etar ekanlar, ijodkorni o‘zbek adabiyotida voqea bo‘lguvchi saylanma bilan muborakbod etdilar.

–Farg‘ona viloyatida kutubxona, kitob do‘konlari va kitob o‘quvchilari ko‘pligi nafaqat ijtimoiy tarmoq, balki gazeta ham, jurnal ham ko‘pligi odamni quvontiradi, – deydi saylanma muallifi Farmon Toshev. –Mening saylanmamning taqdimoti  shu yerda o‘tkazilishi uchun ikki viloyat ijodkorlari hamkorligining davomi deb tushunish mumkin.

Shu kuni Farmon Toshevning kitoblari shahar va tumanlardagi kitobxonlarga, kutubxonalarga tarqatildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MJgdVMk-hI4?si=6V8AmDeHYQLHWXFP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmon Toshev saylanmalarining farg‘onadagi taqdimoti (+video)