Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayonida joylashgan "Xinjiang Tefeng Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kompaniya rahbariyati "Xinjiang Tefeng Pharmaceutical Co., Ltd." faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy mahsulot turlari haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, kompaniya tabiiy va sun’iy dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, mahalliy hamda xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega. 

Agentlik axborot xizmatiga ko‘ra, mamlakatimiz farmatsevtika bozorining ulkan salohiyati, dorivor o‘simliklar resurslari hamda mahalliylashtirish jarayonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri imkoniyatlari va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun takliflar bildirildi. 

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida istiqbolli tashabbuslar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi. 

Shuningdek, Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya Shinjon-Uyg‘ur Avtonom rayonida joylashgan "Xinjiang Uygur Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasining ishlab chiqarish maydonida ham bo‘ldi. 

Kompaniya rahbariyati delegatsiya a’zolarini korxona faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va eksport yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Xinjiang Uygur Pharmaceutical Co., Ltd." kompaniyasi mintaqadagi yetakchi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida yuqori texnologiyalar va xalqaro standartlarga muvofiq yechimlarni joriy etib kelayotgani qayd etildi. 

Uchrashuv doirasida Agentlik direktori O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida mavjud imkoniyatlar, jumladan, dorivor o‘simliklar salohiyati, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri va mahalliylashtirish jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar va investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar yuzasidan fikr almashildi. 

Suhbat yakunida tomonlar farmatsevtika sohasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy-texnikaviy sohada birgalikda faoliyat yuritish bo‘yicha kelishib oldi. 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika: Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi