Mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, yurtimizda tayyorlanadigan dori mahsulotlari uchun asosiy ta’sirchan faol moddalar chet eldan import qilinadi. Mutaxassislar qayd etishicha, bu holat fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi talab darajada tashkil etilmagani bilan bog‘liq. Aslida, faol moddalarni yurtimizda ishlab chiqarish imkoni mavjud.

Ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va AQSH Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida “Osiyo mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish zanjirini  diversifikatsiyalash”  dasturiy faoliyati ishga tushirilmoqda.

Poytaxtimizda shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda AQSHning mamlakatimizdagi elchisi, vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dastlab mas’ullar dastur haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Qayd etilishicha, ikki yil davom etadigan, 2,5 million dollarlik mazkur loyiha sohani mahalliy darajada tartibga solish, ishlab chiqarishni kuchaytirish, mahalliy texnologiya darajasi va ishchi kuchi kasbiy mahoratini oshirish hamda sohaga investitsiya jalb qilish imkonini beradi. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan dori preparatlari milliy va xalqaro sifat standartiga javob berishini ta’minlaydi.

Tegishli tartibga rioya qilinmagan holda ishlab chiqarilgan mahsulot bemorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazishi yoki asosiy kasallikni davolamasligi mumkin.

[gallery-17613]

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu dastur orqali davlat va xususiy farmatsevtika sektorlari chidamliligi, muammoni tezda bartaraf etish imkoni kengayishi ko‘zda tutilmoqda. Zero, jahon standartiga muvofiq ishlab, nafaqat bemorlarni himoya qilish, balki mahalliy dori preparatlari, farmatsevtika kompaniyalari, mutaxassislar va sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchni orttirish mumkin.

– Bu loyiha Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun bir vaqtda yo‘lga qo‘yildi, – deydi Elchi JonatanXenik. – Oldimizda yagona maqsad bor: farmatsevtika bozoridagi mahsulot xavfsizligini ta’minlash orqali insonlar sog‘lig‘ini saqlash darajasini oshirish. Sir emas, yaqinda mamlakatingizga sifatsiz dori vositasi kirib kelishi oqibatida ayanchli voqea yuz berdi. Afsuski, ko‘plab yosh bolalar o‘limi kuzatildi. Hodisa dori-darmon xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmagani uchun sodir bo‘ldi. Mazkur tashabbus orqali hukumatga dori vositalari xavfsizligini ta’minlashda yordam berish nazarda tutilgan. Ikkinchi bosqichda farmatsevtika sektorini kuchaytirishni niyat qilganmiz. O‘zbekiston juda kuchli iqtisodiy va ilmiy zaxiraga ega. Mamlakatning o‘zida barcha kerakli moddalarni ishlab chiqish uchun ulkan salohiyat mavjud. Loyiha ayni shu maqsadga erishish uchun sohani moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Kelgusi natijalar jamiyatni iqtisodiy o‘sishga, rivojlanishga yetaklaydi.

Tadbirda qayd etilganidek, respublikamiz Markaziy Osiyodagi eng yirik farmatsevtika bozori hisoblansa-da, sohada hamon mahsulot va xom ashyo importiga tayanadi. Holatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu jarayonda import o‘rnini bosish, ishlab chiqaruvchini moliyaviy rag‘batlantirish vositalari va sifat nazorati bo‘yicha qat’iy qoidalarni takomillashtirish usullari qo‘llanmoqda.

Ayni payt yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 220 dan ziyod xususiy farmatsevtika kompaniyasi preparatlarning 45 foizini ishlab chiqaradi. Ushbu ko‘rsatkichni 2026 yilga kelib 80 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Umuman, “Osiyo mamlakatlarida farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish zanjirini  diversifikatsiyalash” dasturi nafaqat ichki bozordagi talabni qondirish, balki chet elga dori-darmon eksport qilishga ham ko‘maklashadi.

Go‘zal Sattorova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sohasida yangi loyiha ishga tushirilmoqda