Farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasini taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi
Mamlakatimizda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buning uçun Toşkent farmatsevtika parkida investorlarga keng qamrovli imtiyoz va preferensiyalar, zarur infratuzilma hamda işlab çiqariş maydonlari taqdim etilmoqda.
Prezidentimiz turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.
2002-yildan buyon mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Nobel Pharmsanoat" kompaniyasi tajribasi sohadagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida körsatildi.
Turkiyaning boşqa yetakçi farmatsevtika kompaniyalari ham uşbu yönalişda faol hamkorlikka taklif qilindi.
ÖzA