Farmatsevtika: Germaniya tajribasi mahalliy amaliyotga uyğunlaştiriladi
Ilm-fan çegara bilmaydi. Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi vakillarining Germaniyadagi nufuzli Bonn universitetida keçgan uçraşuvi fikrimizga bir misol.
Dunyo ilm-fanining flagmanlaridan sanalgan mazkur oliygoh delegatsiyamizni kelgusidagi global loyihalarning teng huquqli hamkori sifatida qabul qildi. Universitet laboratoriyalaridagi sönggi rusumdagi uskunalar, olimlarning ilmiy izlanişlari va yaratilgan muhit bilan tanişuv jarayonining öziyoq qanday ulkan imkoniyatlar eşigi oçilayotganini körsatdi. Çunki gap faqatgina maʼlumot almaşişda emas, balki amaliy natijada edi.
Muzokaralar yakunida erişilgan kelişuvlar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Endilikda mamlakatimiz yoşlari magistratura va doktorantura bosqiçlarida Germaniya ilmiy maktablarida öz bilimlarini oşiradi, tajribali olimlarimiz esa Bonn universitetining yirik loyihalariga bevosita jalb etiladi.
Bundan taşqari, professor-öqituvçilar va talabalar uçun yölga qöyiladigan qisqa muddatli amaliyotlar, yozgi maktablar hamda Yevropaning maşhur Erasmus+ va Horizon Europe kabi nufuzli grant dasturlari orqali qöşma tadqiqotlar ötkaziş imkoniyatlari yaratiladi. Bu kabi keng kölamli saʼy-harakatlarning amaliy natijasini taʼminlaş uçun yaqin istiqbolda Özaro anglaşuv memorandumini imzolaş masalasi ham kelişib olindi.
Germaniyaning ilğor ilmiy tajribasini mahalliy amaliyotga uyğunlaştiriş yölidagi uşbu taşabbus soha uçun raqobatbardoş kadrlar yetişib çiqişini taʼminlaydi va milliy farmatsevtikamizning jahon arenasida öz sözini aytişi uçun köprik vazifasini ötaydi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA