Farhodbek – kumush medal sohibi
Xitoyning Nankin shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Farhodbek Sobirov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xitoyning Nankin shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Farhodbek Sobirov kumush medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqaning vazni 85 kilogrammgacha bo‘lgan og‘ir atletikachilar bahsida Farhodbek Sobirov shtangani dast ko‘tarishda 147 kilogramm, siltab ko‘tarishda 174 kilogramm, ikkikurash natijasiga ko‘ra 321 kilogramm natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shunday qilib, delegatsiyamiz hisobida ikkitadan oltin, kumush va bronza medallari bor. Bugungacha bo‘lgan bahslarda dzyudochi Suhrob Tursunov oltin va bronza, o‘q otish bo‘yicha Vladimir Svechnikov oltin, taekvondochi Umida Abdullayeva kumush va og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev bronza medalni qo‘lga kiritgandi.