Farg‘onada yangi zamonaviy mehmonxona ish boshladi
Mustaqillik bayrami arafasida Farg‘ona shahrida xalqaro standartlarga uyg‘un shakldagi yangi mehmonxona – “GSR Hotel” (Great silk road) foydalanishga topshirildi.
Mehmonxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sektorlar rahbarlari, shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mehmonxona tadbirkor Fayzullo Mamajonov tomonidan o‘zi ishlab chiqqan investitsiya loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, 55 o‘ringa mo‘ljallangan. Inshoot tarkibida avtoturargoh, yozgi tennis korti, bolalar o‘yin maydonchasi, kichik ekomaydon, sauna, basseyn, banketlar zali, 60 kishilik konferens-zal mavjud.
[gallery-3664]
Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA