Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi «Axshak» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi «Paxtakor» massivida ko‘p qavatli uy-joylar bunyod etilmoqda. Bu yerda jami 13 ta 5 qavatli uylar qurilishi loyihalashtirilgan.
bugungi kunda binolar qad rostlab, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qurilish ishlari bilan tanishib, uy-joylarning sifatli barpo etilishiga muhim e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. Tuman mutasaddilariga yangi uylarga ko‘chib keladigan aholi sonini hisobga olgan holda mahallada qo‘shimcha maktab, bolalar bog‘chasi, sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, poliklinika barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
[gallery-4621]
Viloyat hokimiga kelgusi yili Axshak massivining bo‘sh yer maydonida Bag‘dod tumani tajribasi asosida barpo etilishi rejalashtirilayotgan 25 ta 1 pod’ezdlik, 20 xonadonli – jami 500 ta xonadondan iborat «Yangi O‘zbekiston» massivi loyihasi ham taqdim etildi. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Toshloq tumanida tadbirkorlar tomonidan jami 564 ta xonadondan iborat 21 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda.
M. Sulaymonov,
M. Qodirov (surat), O‘zA