Farg‘onadagi ekoshaharda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sektor rahbarlari, shahar va tumanlardan keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari kuni kecha viloyatga tashrifi chog‘ida Farg‘onada 65 ming aholi uchun mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” turar-joy massiviga tashrif buyurib, bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, odamlar bilan samimiy muloqot qildi.

Massiv Farg‘onaning yangi qiyofasi bo‘ldi, deb bemalol aytish mumkin. Bu yerda 365 ta ko‘p qavatli uy bosqichma bosqich bunyod etilmoqda. Uylar 7, 9, 12, 16 va 25 qavatli bo‘lib, bu viloyat shaharsozligida o‘ziga xos yangilik sanaladi.

Hozirgi kunda ilk uylar va bog‘lar obod aholi manziliga aylanib ulgurdi. 2 ming 887 xonadonli 75 ta uy foydalanishga topshirildi. Ularning negizida Nurafshon mahallasi tashkil etildi. 500 dan ortiq oila ko‘chib keldi. Ikkita maktab, uchta bog‘cha va poliklinika ochildi.

70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, so‘lim xiyobonlar, sun’iy ko‘l, to‘rt ming o‘rinli amfiteatr barpo qilindi. Bog‘ hududiga buta va manzarali daraxtlar ekilgan. Turli attraksionlar o‘rnatilgan. “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbarining Farg‘ona ahliga tabrigini o‘qib eshittirdi.

Prezidentimiz farg‘onaliklarni Yangi O‘zbekistonimizning yorqin timsollaridan biri sifatida qad rostlagan bunday fayzli va muhtasham maskan bilan muborakbod etdi.

[gallery-18253]

Davlatimiz rahbari o‘z qutlovida bog‘ hududida joylashgan O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi ko‘plab munosib mutaxassislar yetishib chiqishiga, 4 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy amfiteatr esa Farg‘ona vodiysining san’at an’analarini davom ettiradigan iste’dodli yoshlar uchun o‘ziga xos ijodiy parvoz maydoniga aylanishiga ishonch bildirdi.

San’atkorlarning konsert dasturi barcha ishtirokchilarga zavqu shavq ulashdi. Yakunda namoyish etilgan mushakbozlik esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.  

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat) O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston bog‘i” ochildi