Farg‘onada qalbaki pul ishlab chiqargan ayol ushlandi
Noma’lum ayol Qo‘shtepa tumanidagi "Yangi do‘kon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fuqaro M.Ega tegishli dorixonaga kelib, bir dona 100 000 so‘mlik pul berib turli dorilarni sotib olgan. Sotuvchi pulni qalbaki ekanligini bilgach, ichki ishlar organiga murojaat qildi.
Sud hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, M.E taqdim etgan bir dona 100 000 so‘m qiymatidagi pul biletlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarida tayyorlanmaganligi, balki kompyuter texnologiyasi yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.Sulaymonov,O‘zA