Farg‘onada ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori adliya polkovnigi Botir Qudratxo‘jayev hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar mansabdor shaxslari ishtirokida sayyor va ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Sayyor qabul avvalida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov va Respublika harbiy prokurori Botir Qudratxo‘jayev so‘z olib, harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoiti yanada yaxshilanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
[gallery-11880]
Murojaatlarning 125 tasi Mudofaa vazirligiga, 25 ta Respublika harbiy prokuraturasiga, 14 ta Milliy gvardiyaga, 16 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kelib tushdi.
Sayyor qabul davomida murojaati bor har bir fuqaro va harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Suhbat davomida tibbiy xizmat, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini ko‘chirish hamda uy-joy masalalari ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarning 181 murojaatidan 80 tasi shu joyning o‘zida hal etildi, 56 ta murojaat esa tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirilib, 45 tasi nazoratga olindi.
O‘zA fotomuxbiri Muqimjon QODIROV (surat),