O‘tgan yil kuzatilgan anomal sovuq kommunal soha uchun og‘ir kechdi. Shu bois joriy yilda hududlarda kuz-qish mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Farg‘ona viloyatida mavsumga hozirlik qanday? Mavjud muammolarga qay darajada yechim topilmoqda?

Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda ijtimoiy soha ob’ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta’minoti uzluksiz bo‘lishi, uy tomlari,  kanalizatsiya hamda yerto‘la qismlarini ta’mirlash muhim hisoblanadi. Biroq hamma joyda ham bu muhim infratuzilmalar ish samaradorligidan ko‘ngil to‘lmaydi.  Chunki markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlari 1950-1970 yillarda ochiq suv taqsimoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulash sxemasi asosida tashkil qilingani o‘ziga xos muammolarga sabab bo‘lmoqda.  

Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotidan uzilgan ayrim ko‘p xonadonli uylar ko‘pincha sertifikatga ega bo‘lmagan va yong‘in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz hamda elektr uskunalari bilan isitilmoqda. Bu esa, ba’zi bir ehtiyotsizliklar tufayli ko‘ngilsiz fojialar kelib chiqishiga sabab bo‘layotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.  

– Ko‘p qavatli uylar va issiqlik ta’minoti tizimi, ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha oldimizda muhim vazifalar turibdi, – deydi Farg‘ona viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi shu’ba mudiri Sardorxon Sodiqxonov. – Avvalo, iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish hamda uning uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimiga zamonaviy, tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish, yangilash hamda modernizatsiya qilishga alohida  e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda Farg‘ona shahridagi Abdulla Qodiriy mavzesidagi ko‘p qavatli uy-joylarni markazlashgan issiqlik bilan ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda.

Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, har qanday sovuq ob-havo ta’sirida ham kam energiya va yoqilg‘i sarflagan holda uylar, ijtimoiy soha ob’ektlariga yetarli bosim hamda haroratda issiqlik uzatiladi. Bu maqsadlar uchun qariyb 140 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mavzeda joylashgan 203 ta ko‘p qavatli uy hamda 29 ta ijtimoiy soha ob’ektini “RK-3” qozonxonasi orqali markazlashgan issiq suv va issiqlik bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Dastur doirasida 73,4 kilometr magistral issiqlik tarmoqlari yangilandi. Zamonaviy individual issiqlik punktlarini o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.  O‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, yangi loyiha hududdagi ko‘p qavatli uylarda bir issiqlik davrida 21 million m3 tabiiy gaz, 9,5 million kVt elektr energiyasini iqtisod qilish orqali qariyb 10,8 milliard so‘m mablag‘ni tejab qolish, kommunal to‘lovlar tannarxini arzonlatish imkoniyatini beradi.  

Viloyatda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish hamda uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etilgan. Ishchi guruhlar tomonidan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda issiqlik, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti tizimlarini mavsumga tayyorlash, aholiga ko‘mir, suyultirilgan gaz yetkazib berish, oziq-ovqat ta’minoti zaxiralarini yaratish kabi masalalar bilan bog‘liq holatlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.  

Mavsumga tayyorgarlik doirasida qariyb 4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 6 ta qozonxona, 13 ta qozon va 3,6 kilometr issiqlik tarmoqlarini mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Respublika byudjeti hisobidan ajratilgan  14,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga 312 ta ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, ta’mirlash ishlarini sifatli bajarishda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatining o‘rni ham ortib bormoqda. Kommunal xizmatlar bozoriga professional boshqaruvchi kompaniyalar kirib kelishi aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, xizmat turlarini ko‘paytirdi.  

Yillar mobaynida fuqarolarning shirkatlarga ishonchi kamayib borgan bo‘lsa, professional boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatiga bo‘lgan munosabat kun sayin yaxshilanib bormoqda. Tashkil etilganiga qisqa muddat bo‘lgan bo‘lsa-da, servis boshqaruv kompaniyalari hududdagi fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish maqsadida kecha-kunduz faoliyat ko‘rsatuvchi ishonch telefoni hamda avariya-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etib, 40 turdagi kommunal xizmatlar ko‘rsatmoqda.

– Yetmish uchta ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatib kelamiz, – deydi “Farg‘ona Tursunali servis” boshqaruv servis kompaniyasi raisi Tursunali Turg‘unov. – Mavsum tadorigi doirasida 2 ming 200 kvadrat metr uy-joylar tom qismi, 34 ta uyga kirish yo‘laklar ta’mirlandi, 1200 dan ortiq buyurtma asosida xizmat ko‘rsatdik. Muhimi, aholining bizga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etilganida aholi debitorlik qarzi 1 milliard 51 million so‘mdan ortiq bo‘lgan. Bugunga kelib, qarzdorlik miqdori oltmish foizga qisqardi. Ayni kunda 3 ta kommunal xizmat ko‘rsatish brigadasi tashkil qilganmiz. Hududlar tozaligini ta’minlash maqsadida har jihatdan qulay va arzon, shovqinsiz ishlovchi elektro motorollerlar xizmatidan foydalanyapmiz. Ular hududlarni obodonlashtirish, sanitar-gigiyena talablari asosida ozoda saqlash ishlariga jalb etilgan. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun billing to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilgani ham ish sifati va samaradorligini oshirmoqda. Bu to‘lovlar bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchilik va tushunmovchiliklarning oldini olmoqda. Mijoz, to‘lov mablag‘larini qaysi maqsadlarga yo‘naltirilayotganligini elektron tarzda bevosita kuzatib boradi. 

Albatta, ish ko‘lami va sifatini yaxshilashda kommunal to‘lovchilarning majburiyati, mas’uliyatini  oshirish muhim. Faqat talab qilish emas, bu jarayonga baholi qudrat hissa qo‘shish, tashabbuskor bo‘lishi, mavsumga har jihatdan puxta hozirlik ko‘rish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda kam yoqilg‘i sarflagan holda me’yor talablariga mos bo‘lgan sifatli issiqlik ishlab chiqarishni ko‘paytirishda xususiy sektorlar ulushini oshirish, ijtimoiy soha ob’ektlari isitish tizimini bosqichma-bosqich yangilab borish, sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish muhim vazifa sanaladi.  

– Keyingi yillarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor oshdi, –deydi Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Hojiqo‘zijon Isaqov. – Avvallari mavjud isitish tizimlari 2-3 yilda yaroqsiz bo‘lib, belgilangan me’yorlarda issiqlik bera olmasdi. So‘ngi besh yilda bunday salbiy  ko‘rinishlarning oldini olish maqsadida 2 ming 261 ta isitish qozonini tejamkor va samarali ishlash tizimiga o‘tkazish uchun  27,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Polshalik hamkorlar bilan “Alter“ yangi rusumli qozonlar  ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mahsulotlar iqtisodiy tejamkor, uzoq muddat ishlash xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yangi qurilma o‘tgan qish mavsumida o‘z samarasini ko‘rsatdi. Yoqilayotgan ko‘mir sarfi uch hissaga kamaydi, isitish darajasi 2,5 barobarga oshdi. Bu yiliga 20 milliard so‘mdan ortiq byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoniyatini beradi.

Yozyovon tumanidagi markaziy shifoxonaga o‘rnatilgan eski rusumdagi isitish qozonlari uchun kuniga 1600 kilogramm ko‘mir yoqilg‘isi sarflangan. Tejamkor qozonlar o‘rnatilgach, kunlik ko‘mir sarfi uch hissaga kamayib, kuniga 1000 kilogrammdan ortiq ko‘mir iqtisod qilib qolishga erishilmoqda. Bu miqdorni kuz-qish mavsumiga bog‘lab hisob-kitob qilinsa, umumiy tarzda 121 tonna ko‘mir yoki 50 million so‘mdan ortiq mablag‘ tejab qolish imkoniyati yaratildi.  

Bu amaliy tajribani viloyatdagi barcha isitish tizimlarida joriy etish, zamonaviy energotejamkor, issiqlik me’yori yuqori bo‘lgan  avtomatlashtirilgan qozonlarda ishlash tizimiga o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar ommalashtirilmoqda.

“Farg‘ona issiqlik ta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyatida   “Yormozor” tamg‘asi ostida zamonaviy isitish qozonlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 20 kvadrat metrdan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan uy-joy va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini isitishga ixtisoslashgan qozonlar ishlab chiqarilmoqda. Yangi qozonlar mahalliy ko‘mirda ishlashi, issiqlik tizimi tabiiy usulda aylanishi xususiyati bilan ajralib turadi. Bu elektr energiya sarf qilmagan holda bir me’yorda issiqlik yetkazib berish imkoniyatiga ega. Yangi qozonlar bir soatda 2 kilogramm mahalliy ko‘mir sarflaydi. Bu boshqa isitish qozonlarining iste’moliga nisbatan besh hissaga kam.  

Albatta, ko‘rilayotgan bu kabi tadbirlar mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Viloyatda ayni kunlarda tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilayotgan bo‘lib, barcha ijtimoiy, iqtisodiyot ob’ektlari yana bir bor xatlovdan o‘tkazilmoqda.  

 Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda