Farg‘ona viloyatida muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Quva tumanidagi “Tolmozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tgan Janubiy Farg‘ona kanali o‘zanida soatiga 120 kilovatt elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 5 ta kichik gidroelektr stansiya qurilishi yakunlandi. Bu bir vaqtning o‘zida 250 dan ortiq aholi xonadoni va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini arzon, sifatli elektr manbai bilan ta’minlaydi.

– Mahallamiz hududidagi suv o‘zanidan shu kunga qadar faqat ekinlarni sug‘orishda foydalanganmiz, – deydi fuqarolar yig‘ini raisi Fazliddin Raimjonov. –Endilikda undan muqobil elektr energiya ishlab chiqaryapmiz. Bu juda katta qulaylik. Suv o‘zanining umumiy uzunligi 5 kilometrdan ko‘p. Bu yerda yana o‘nlab mana shunday kichik quvvatli gidroelektr stansiyalari qurish, qo‘shimcha elektr manbalari ishlab chiqarish imkoniyati bor. Ayni kunda 1040 xonadon va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini muqobil elektr energiya bilan ta’minlashda qurilmalarning imkoniyatlari, iqtisodiy samaradorligi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boryapmiz.

Yangi gidroelektr stansiyasi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Charxpalak ko‘rinishidagi qurilma suv sathiga mos holda generatorni harakatlantirib, elektr energiya ishlab chiqarib beradi. Ya’ni suv miqdori kamaygan taqdirda ham faoliyat ko‘rsata oladi.

Farg‘ona davlat texnika universiteti olimlari sa’y-harakati va izlanishlari bilan viloyatdagi mavjud suv inshootlarida charxpalak ko‘rinishdagi kichik gidroelektr stansiyalari qurishi ko‘lami kengaymoqda bu sohada investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar soni ortib boryapti. 

– Loyihaning dastlabki bosqichi Quva tumanidagi Tolmozor qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan suv inshootlari, “Karkidon” suv ombori hududidagi soylar, dam olish maskanlaridagi suv havzalarida amalga oshirilyapti, – deydi Farg‘ona davlat texnika universiteti doktoranti Doniyorjon Botirov. – Bu yerdagi mavjud imkoniyatlarni o‘rgangan holda 10 ta mikro GES loyihalari ishlab chiqildi. Charxpalak tipidagi qurilma, past energiya oladigan joylardan ham qori quvvatli energiya ishlab chiqarib beradi. Hozirga qadar kunlik quvvati 2 ming 400 kilovatt elektr energiya chiqaruvchi kichik GESlar qurilishi yakunlandi. Bu bir vaqtning o‘zida 480 ta xonadon muqobil elektr energiya bilan ta’minlaydi. Bir yilda 216 ming metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati bor. Miqdor tuman hududidan oqib o‘tgan boshqa soylarga nisbat qilinsa, kichik GESning katta imkoniyatlarini chamalab olish qiyin emas.

Farg‘ona davlat texnika universiteti olimlari germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda mavjud soy va kanallarga quvvati 3 kVtdan 100 kVt soatgacha bo‘lgan Mikro GESlarni yangi konstruksiyalarini loyihalash, tayyorlash, qurib o‘rnatish va tajriba sinovlar o‘tkazish, tijoratlashtirish borasida amaliy ishlar olib bormoqda. Universitet qoshida “Texnopark” va “Mikro GESlarni loyihalash” markazi tashkil qilingan. Shu kunga qadar, quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan ekologik toza elektr energiya ishlab chiqaruvchi mikro GESning ilk namunasi Marhamat tumanidagi “Rohat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ishga tushirilib, 240 ta xonadon muqobil elektr energiya bilan ta’minlandi.

Quva tumani hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida charxpalak tipidagi mikro GES “200 kVt – Quva – 1” loyihasi ishlab chiqilib, uning fundament ishlari yakunlandi. Mazkur loyiha orqali yiliga 43200 kVt.soat elektr toki hosil qilish imkoniyati yaratiladi. Oltiariq tumani hududida esa Malayziya davlati tomonidan kiritilgan investitsiya hisobiga quvvati 150 kVt.soat bo‘lgan mikro GESni qurilishi boshlandi.

– Viloyatimizda muqobil elektr energiyalar ishlab chiqarish orqali iste’molchilarning elektrga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida katta imkoniyatlar bor, –deydi Farg‘ona davlat texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori Sirojiddin Ergashev. – Bugungi kunda quvvati 3 kVtdan 500 kVtgacha bo‘lgan yangi avlod turbinali mikro GESlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Birinchi bosqichda viloyatimiz hududidan o‘tgan Katta Farg‘ona va Janubiy Farg‘ona kanallari, Andijon kanal va ular tarmoqlariga (suv oqimining talab qilingan parametrlariga ega bo‘lgan) 230 ta o‘rtacha quvvati 50 kVt bo‘lgan Mikro GESlar qurish mumkinligi aniqlandi. Ularning o‘rtacha yillik ish soati 8000 bo‘lganda, ishlab chiqargan elektr energiya quvvati 92 million kVt soatni tashkil etadi. Bu viloyat bo‘yicha bir yilda sarf qilinadigan elektr energiyaning ikki foizini iqtisod qilish imkoniyatini  beradi. Bundan tashqari, Germaniyaning gidroagregat ishlab chiqaruvchi “WASSERKRAFT VOLK AG” hamda “NEXTGEN SOLUTIONS” konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda Quva va Farg‘ona tumanlarida mikro GESlar va 200 kVt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yangi turbogenerator tipidagi gidroagregatlar tayyorlash borasida ish olib boryapmiz.

Olimlarning amaliy izlanishlari tufayli hayotga tadqiq etilayotgan ilmiy ishlanmalar ko‘lami keng. Bu yerda shamol agregatlari, quyosh fotoelektrik panellar, quyosh issiqlik tizimlarining tajriba nusxalari yaratildi.  Hozirgi kunda, kichik oqimli daryo va kanallarga charxpalak tipidagi gidroinshootlar yordamida elektr energiya olish bo‘yicha jami 8 ta loyiha muvaffaqiyatli ishlab turibdi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada kichik GESlar ko‘paymoqda