Farg‘onada ish boshlagan korxonada toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida toshdan qog‘oz ishlab chiqaruvchi “Fergana stone paper” korxonasi sinov rejimida ish boshladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 6 may kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida taqdimoti o‘tkazilgan mazkur loyiha yiliga 9 ming tonna qog‘oz tayyorlash quvvatiga ega.
[gallery-1031]
Yangi korxonada 60 nafar kishining ish bilan bandligi ta’minlandi.
Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA