Gaz omborlari bor, suv omborlari ham mavjud. Ammo elektr quvvati omborlari-chi? Yaqin orada O‘zbekistonda birinchi marta elektr quvvatlari ombori paydo bo‘ladi. U Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida bunyod etilmoqda.

Siz to‘g‘ri eshitdingiz, elektr quvvatlari “ombori” – ya’ni elektr energiyasini saqlash tizimi qurilmoqda. Uning quvvati 150 MVt ga teng. Bu O‘zbekistonda haligacha muqobili bo‘lmagan inshootni Xitoy Xalq Respublikasining “China Gezhouba Group Overseas Investmen Co.ltd” kompaniyasi 144 million dollar to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga bunyod etmoqda. Dastlab shu yil fevral oyida bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori qabul qilingan edi. 11-12 iyul kunlari davlat rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida esa ushbu loyiha qurilishiga izn berildi. Bor -yo‘g‘i uch yarim oyda O‘zbekiston tumani adirliklarida juda katta hajmdagi ish bajarildi. 400 dan ziyod quruvchi mutaxassis ishtirok etayotgan maydonda elektr energiya saqlagich batareyalar o‘rnatildi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari montaji tugatildi. Endi bog‘lovchi inshootlar qurilishi davom etyapti.

– O‘zbekistonga juda ko‘p mamlakatlar nigohi qadalgan, ular qatori bizning kompaniyamiz ham ushbu loyiha uchun o‘z mablag‘larini tikdi, – deydi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasining bosh menejeri Nie Jianming. – Uskunalarni asosan Xitoy, Rossiya va ayrim qismlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olganmiz. Biz noyabr oyining oxirida elektr energiyani ulash, dekabr oyida sinovdan o‘tkazish va yangi yilning birinchi kunidan to‘liq ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Shunda  zarur paytda 600 ming aholi ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘linadi.

Xitoyning mazkur kompaniyasi dunyoning 30 dan ziyod mamlakatida faoliyat yuritib kelmoqda. U elektr ishlab chiqarish, muqobil energiya elektrostansiyalari va energiya saqlagich tizim qurish borasida nom chiqargan. O‘zbekiston tumanidagi bu inshoot ham yurtimizdagi birinchi loyiha emas.

– O‘zbekistonda 13 tadan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ulardan ikkitasi muvaffaqiyatli tugatildi. Ular Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quvvati 500 MVt quyosh elektr stansiyalaridir, – deydi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasi texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aziz Shirinboyev. – Bu uchinchi loyiha bo‘lib, qurilish jarayoni davom etyapti. Dekabr oyida tarmoqqa ulash uchun barcha ishlar qilinmoqda.

Ha, loyiha konstruksiyalari qad rostladi. Xitoydan keltirilgan har birining quvvati 2 MVt bo‘lgan jami 90 ta ulkan akkumulyator batareyalari bir-biriga ulanmoqda.

Xo‘sh, u aholiga nima beradi? Ma’lumki, kechqurun va ertalab elektr quvvatiga ehtiyoj keskin oshib ketadi. Ehtiyoj kamaygan kunduz va tun paytida quvvatlangan akkumulyator batareyalari ana shu chog‘da elektr tarmog‘iga ulanadi va ta’minotda hech qanday uzilish ro‘y bermaydi. Sodda qilib aytganda, iste’moldan ortiqcha “ombor”ga qo‘yilgan elektr quvvatlari tanqis paytda o‘sha “ombor”dan yana qayta olinadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/uHn3io98w0c?si=b_UcUNqBx2-M9yeQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(surat,video),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada elektr quvvatlari “ombori” bunyod etilmoqda(+video)