Farg‘onada bo‘lib o‘tgan anjuman jahon matbuotida
AQSHning Nyu York shahrida chop etiladigan "TNE BUKHARIAN TIMES" gazetasida Farg‘onada o‘tkazilgan “Zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi II xalqaro konferensiya haqida maqola e’lon qilindi.
Maqolada tadbir jurnalistlar uchun o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘lganligi qayd etilgan. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi roli va ahamiyati nihoyatda katta. Shu bois bugungi shiddatkor davrda uning zimmasiga muhim vazifalar qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi hamkorligida joriy yilning 26 oktyabr kuni tashkil etilgan anjumanda AQSH, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Isroil, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi 11 ta davlatdan jurnalistlar, yurtimizdagi markaziy gazetalarning bosh muharrirlari, axborot agentliklari rahbarlari, siyosatchilar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda jurnalistika oldida turgan vazifalar, muammolar va ularni hal etish yo‘llari, sohani rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Avvalroq xalqaro konferensiyaga bag‘ishlangan Turkiya televideniyesi maxsus ko‘rsatuv berilgan edi. Koreya, Rossiya, Xitoy matbuotida ham shunday xabarlar tarqatildi.
M.Sulaymonov, O‘zA