Farg‘onada bog‘chalar soni yana bittaga ko‘paydi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Shakarqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yulduzcha” nomli maktabgacha ta’lim muassasa foydalanishga topshirildi.
200 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasa zamon talabiga mos, energiya tejamkor qurilish materiallaridan bunyod etildi. Shuningdek, bu yerda kelajak vorislaring bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Muassasaning ochilish marosimida viloyat va shahar hokimligi vakillari, maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqarmasi hamda sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etdi.
[gallery-7336]
Muqimjon QODIROV (surat) O‘zA