Bugungi kunda ko‘plab sohalarda davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgan bo‘lib, bu aholi va tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Xususan, kadastr pasporti olish ham yanada osonlashdi.

Kadastr pasportini shakllantirish masalasida joriy yilning o‘tgan davrida 40 ming 980 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 23 ming 130 tasi ijobiy hal etildi. Bu haqida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalari hamda Respublika aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasining 2024 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasida yer va kadastr nazorati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil 1 iyul holatiga viloyat bo‘yicha 1 ming 959 ta holatda jami 74,6 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan. 

Ushbu holatlar yuzasidan Kadastr agentligi organlari tomonidan yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar yuborilib, 1 ming 112 ta holatda 27,5 gektar yer maydonida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etildi. 

Jinoyat alomatlari mavjud huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 182 ta holat esa prokuratura organlariga to‘plangan hujjatlar qo‘shma tartib asosida taqdim etilgan. 

Respublika aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasi tomonidan 3 ta tumanlarda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan. Beshariq tumanida 20 ta, shundan, 1 ta shahar, 10 ta shaharcha va 9 ta qishloqlarda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilash ishlari bajarilib, xalq deputatlari tuman kengashining qarori bilan tasdiqlangan. 

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi va mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi. 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 74,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan