FOTOREPORTAJ

Yurtimizda yerdan samarali foydalanish, aholining huquqiy kafolatlarini ta’minlash va uy-joylarni rasmiylashtirishga oid tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan maxsus reja-grafik asosida hozirda hudud bo‘ylab xonadonlar xatlovdan o‘tkazilayotir.

Joriy yil davomida viloyatning 306 ta mahallasida xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish va huquqiy hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bu islohotlarga 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda. 

[gallery-24680]

Farg‘ona viloyatida joriy yil 7 avgust kuniga qadar 49 ming 293 ta ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 35 ming 48 tasi “UZKAD” milliy kadastr tizimiga kiritildi. Shuningdek, 25 ming 567 ta ob’ekt “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuklandi. Hozirda 19 ming 972 ta ob’ekt bo‘yicha hujjatlar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Bu ishlar aholining mulkiy huquqlarini mustahkamlashga, yer va binolarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni soddalashtirishga xizmat qilmoqda. 

Yurtdoshlarimiz o‘z mahallalarida qachondan xatlov jarayonlari boshlanishi bo‘yicha ma’lumotni etirof.kadastr.uz saytidan olishi mumkin.

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan suratlar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada 50 mingga yaqin ob’ekt xatlovdan o‘tkazildi