Farg‘onada 4 nafar sudlanuvchi sud binosidan qochib ketdi
Farg‘onada o‘g‘rilik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs sud binosidan qochib ketgan. Mazkur voqea jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida yuz berdi.
2021 yil 5 may kuni soat 14:00 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tumani sudi binosiga olib kelingan to‘rt nafar sudlanuvchilar 1988 yilda tug‘ilgan A.P, 1991 yilda tug‘ilgan A. F, 1992 yilda tug‘ilgan Sh. Z. va 1989 yilda tug‘ilgan U. T.lar vaqtinchalik ushlab turish xonasiga olib kirilgan. Sudlanuvchilar sud binosining orqa tomonidagi devordan oshib, qochib ketgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ularning barchasi shu kunning o‘zida ushlandi. Qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochganligi uchun sudlanuvchilarga Jinoyat Kodeksining 222-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
M. Sulaymonov, O‘zA