Vodiydan Toshkentga yo‘l olsangiz dovonga yetmay ikki yonda yuzlab “Toychoq” o‘yinchoqlari sotilayotganini ko‘rasiz. Ular Beshariqning Qiyat-Sartol mahallasidagi Komilovlar oilasi xonadonida ishlab chiqariladi.

–Prezidentimiz ayollar tadbirkorligiga katta e’tibor qaratmoqda, –deydi oilaviy korxona rahbari Mahfuza Komilova. –5 nafar oila a’zolarim bilan ot o‘yinchoqlarini yasaymiz. O‘g‘illarim duradgorlik qilsa, boshqalar o‘yinchoqlarni yig‘adi.

Hovlining bir chetida duradgorlik xonasi bor. Bu yerda bo‘lajak o‘yinchoqlarning yog‘och qiyofasi tayyorlanadi. Bu ishlarni oilaning kenja o‘g‘li o‘z zimmasiga olgan.

Bunisi esa yig‘uv xonasi. U ilgari oila bekasi Mahfuza opaning xosxonasi bo‘lgan. Unga yaqin  tikuvchi qizlar yumshoq matolardan yog‘och qiyofaga “et” yopishtiradilar, keyin turfa rangdagi “teri” qoplaydilar. Xash-pash deguncha bolalar o‘yinchog‘i – “Toychoq” tayyor bo‘ladi va savdoga yo‘l oladi.

–Avvaliga ozgina sarmoya bilan ish boshlaganmiz, –deya eslaydi Mahfuza opa. –Bugunga kelib ish hajmi ortib, mahallamizda uyda o‘tiradigan ishsiz, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni kasanachi sifatida olganmiz. Ularga yarimtayyor mahsulotlar yetkazib beriladi. Kasanachilar qo‘l mehnati yordamida o‘yinchoqlarga kiyim tikishadi.

Talab va ehtiyoj ishlab chiqarishni harakatga keltiruvchi asosiy omildir. Unga erishish uchun zamonaviy savdo usullaridan foydalanish zarur edi.

–Ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali ot o‘yinchoqlari respublikamizning turli hududlaridagi xaridorlarga  ham kuniga 200-300 tadan yuborilyapti, – deydi tadbirkor.

Mahfuza opa Komilova oilaviy korxonaga oid bir ma’lumot aytib bizni hayratga soldilar. Endi Qiyat-Sartol mahallasining “toychoq” lari chet ellarda ham “chopmoqda”.

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/dEqIrTJOqjM" title="FARGʻONA: Yosh chavandozlarga – Toychoq!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

–O‘yinchoq shu qadar ommalashdiki, hozirga kelib mahsulotlarimizni qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalariga ham eksport qilayapmiz, – deydi Mahfuza Komilova.

Muhammadjon OBIDOV, Elyor OLIMOV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona: Yosh chavandozlarga – Toychoq! (+video)