🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Farg‘ona: “Yashil energiya” ulushi ortib bormoqda (video)

Farg‘ona: “Yashil energiya” ulushi ortib bormoqda (video)
Jamiyat
Tanlaş
11:25 / 07.04.2023

O‘zbekistonda elektr quvvati ishlab chiqarishda yangi asr boshlandi. Davlat rahbarining tegishli qarorlari bilan mamlakatda energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlanyapti. “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining Farg‘ona filialida bu borada samarali natijalarga erishildi.

Ilgari va hozir ham bu yerda bir turdagi energiya, ya’ni gazdan ikkinchi tur quvvat – elektr hosil qilinadi. Ammo 2023 yilga kelib korxona hududidagi foydalanilmayotgan 2 gektar yer maydonida quvvati 2 ming kVt soat bo‘lgan qo‘yosh panellari o‘rnatildi va ishga tushirildi.  

–Ushbu quyosh paneli ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq taqsimlash qurilmasi orqali iste’molchilarga, ya’ni aholi va sanoat korxonalariga yetkazib berilmoqda, – deydi korxona ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Xodjayev. – Bundan tashqari  ko‘cha yoritish chiroqlariga quyosh panellari o‘rnatilgan. Quyosh suv isitgichi, 60 kilovatli panel esa qozonxonada ishlab turibdi.  

Xo‘sh, quvvati 2 ming kVt soatli quyosh paneli nima beradi? Bu – kuniga kamida 10 ming kilovatt soat elektr energiyasi degani. Agar bitta xonadon kuniga 24 kVt soat elektr iste’mol qilsa, bu yerdagi quyosh panellari ishlab chiqarayotgan yashil quvvat 400 ta xonadonni yorug‘lik bilan ta’minlaydi.  

Qolaversa, issiqlik stansiyalariga gaz, elektr, yuzlab ishchi xodimlar kerak. Yana xavfli faktorlar mavjud: yuqori bosim, yuqori harorat, reagentlar, kimyoviy elementlar...Quyosh elektr stansiyalari uchun esa quyoshli kun kerak xolos.  

–Quyoshdan foydalanib elektr energiya olish bu tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytiradi, – deydi sex boshlig‘i Alisher Mo‘minov. – Misol uchun issiqlik stansiyasida yoqilg‘i yoqib atmosferaga chiqindilar chiqariladi. Quyosh energiyasi esa hech qanday chiqindilarsiz olinadi. Ikkinchidan, bunga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar soni keskin kamayadi va u xavfsiz ishlab chiqarishdir.  

“Farg‘ona issiqlik elektr stansiyasi” mutaxassislari izlanishda davom etyaptilar.  

–Biz hozirda panellarni muqim o‘rnatilgan holatdan quyosh harakatiga qarab buriluvchi holatga olib o‘tish bo‘yicha ishlar olib boryapmiz. Bu bilan biz quyosh elektr stansiyasi foydali koeffitsiyentini 20 foizdan 25 foizga ko‘tarishga erishishimiz mumkin. Shunda yillik 3,5 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni 5 million kVt soatga yetkazish mumkin. Bu esa hozirgi yillik 770 ming kub metr gaz iqtisodini 1,2 million kub metrga yetkazish imkonini beradi.  

 

Muhammadjon Obidov,  

Elyor Olimov (video)  

O‘zA

Muallif: Muhammadjon Obidov