Farg‘ona viloyati sudida “Ochiq eshiklar kuni”
Farg‘ona yuridik texnikumiga sudya va sud xodimlari tez-tez tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq darslar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan.
Hamkorlik rejasiga ko‘ra bu gal Farg‘ona viloyat sudida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni”ga Farg‘ona yuridik texnikumi va Farg‘ona shahar 4-sonli maktab o‘quvchilari taklif etildi.
Dastavval yoshlar sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yaratilgan yangi imkoniyatlar, interaktiv xizmat turlari hamda sud binosida ochilgan muzey faoliyati bilan tanishdilar.
[gallery-16771]
Tadbir davomida sudyalar o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashdi. Sudyalar o‘z ixtisoslashuvidan kelib chiqib, jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy ishlarni ko‘rish tartiblari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, bo‘limlarning ish faoliyati bilan tanishtirildi. Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA