Farg‘ona viloyati Nodir nashrlarning har biri bir tarix
FOTOREPORTAJ
1899 yili tashkil etilgan Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mamlakatimizdagi yetakchi ziyo maskanlaridan biri hisoblanadi. Kutubxona 50 dan ortiq tildagi 350 ming nusxaga yaqin universal kitob fondiga ega. Mazkur kutubxona 700 mingdan ortiq kitobxonga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Axborot-kutubxona markazi bo‘lim boshlig‘i Gulasal Valiyevaning aytishicha, bu yerda saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega nodir nashrlarning bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish hamda uni to‘ldirib borishga jiddiy yondashiladi. Asrlar davomida qadrlanib kelayotgan bu kitoblarning har biri bir tarix. Muhimi, kitobxonlar kutubxona axborot resurslaridan maksimal darajada foydalana olishini ta’minlash chora-tadbirlari doimiy e’tiborda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA