| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Farg‘ona: tibbiyot aholiga yaqinlashmoqda (+video)

Farg‘ona shahrida 328 ming aholi istiqomat qiladi. Ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va sharoiti tobora yaxshilanib bormoqda. Lekin shaharning chetida joylashgan Yormozor mahalla aholisi bu borada muammolarga duch kelar edi. Chunki mahallada boshqa hududlardagi oilaviy poliklinikalarnig uchta filial-bo‘linmasi bo‘lib 1387 ta xonadonda yashaydigan aholiga noqulay edi.
Nihoyat bu yilgi Navro‘z kunlari ularning orzulari ushaldi. Uch qavatli g‘oyat ko‘rkam, barcha sharoitlarga ega “Oilaviy poliklinika”ning yangi loyihasi asosidagi bino inshoati foydalanishga topshirildi.

–Oilamda ikki o‘g‘il, ikki kelin, besh nabiram bor. Avval bolalar, nabiralar kasal bo‘lganida mahalladagi kichkinagina poliklinikaga chiqar edik. U yerda 2-3 tagina shifokor bo‘lar edi xolos. Shuning uchun shaharga yuborishar edi, - deydi mehnat faxriysi Ozodaxon Bobokalonova. – Mana endi tish doktorigacha va yana 20 yo‘nalishda shifokorlar bor. Bundan tashqari yana yotib davolanadigan xonalar ham bor ekan. Navro‘z bayrami kunlari bizga shunday ajoyib poliklinikani qurib bergan, xalqni rozi qilish uchun astoydil xizmat qilayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Uning ochilishi chog‘ida so‘zga chiqqanlar mamlakat rahbarining izchil so‘roviga asosan mukammal, sifatli tibbiy xizmat endi aholiga, uning yashash joyiga yaqinlashganini ta’kidladilar.
–Biz endi asosiy e’tiborni bemorni davolash bilan birga uning kasal bo‘lishi oldini olishga qaratmog‘imiz lozim, - deydi Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov.

–Poliklinikamiz vazirlik standartiga asosan barcha zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan, -deydi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Husan Mamajonov. –UZI, diagnostika, fizioterapiya, emlash va boshqa poliklinikada bo‘lishi lozim bo‘lgan barcha tibbiy jihozlar keltirildi.

Yangi ochilgan oilaviy poliklinika boshqalaridan farq qiladigan jihatlari ko‘p. Masalan,
–Poliklinikada tashxis qo‘yish bilan birga kunduzgi statsionarni ham tashkil etdik. Bunda bemorlar kelib vrach ko‘rsatmasiga asosan muolajalar oladi va kechki payt uylariga qaytishi mumkin, - deb ta’kidlaydi Husan Mamajonov.
Tadbir ishtirokchilari bo‘lgan mahalla ahli har bir yo‘alishdagi shifokorlar bilan tanishib, suhbatlashib chiqdilar.
Tibbiy xizmat me’yorlariga ko‘ra poliklinikaga kelgan bemorning shifokor ko‘rigiga 15 daqiqa ajratilgan. Lekin aholi ko‘p mavzelarda bu raqam kamayib ketadi. Yormozorda esa tabobat yo‘nalishlari ko‘pligi, ixtisoslashgan shifokorlar mavjudligi tufayli me’yorlarga rioya qilinadigan bo‘ldi. Chunki poliklinika bir kunda 250 bemorni qabul qilish imkoniga ega.
Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasning 2024-yil uchun ham rejalari xayrli.
–Kelgusida Farg‘ona shahrida yana ikkita poliklinika ochamiz. Bular EKO shaharda va 9-oilaviy poliklinikani takomillashtirib qayta yo‘lga qo‘yish ustida ish olib boryapmiz, – deydi Husan Mamajonov.
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov, O‘zA
Muallif: Muhammadjon Obidov




