Xabaringiz bor, yurtimizda “InnoWeek–2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalik doirasida oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlarning 2022 yil faoliyati natijalariga ko‘ra, milliy reytingi e’lon qilindi.

Mazkur reytingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 98 ta oliy ta’lim muassasasi (76 ta OTM, 22 ta filial), 62 ta akademik litsey va 14 ta yuridik texnikumning o‘tgan yildagi faoliyati samaradorligi baholandi.

Reyting tahlil jarayoni ta’lim muassasalari uchun belgilangan talablar bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular faoliyatiga aralashmagan holda 4 ta yo‘nalishdagi baholash mezonlari, 20 ta indikator hamda ularning miqdor va vazn darajalarini inobatga oluvchi 31 ta ko‘rsatkich asosida tuzildi.

Mazkur jarayonda 12 ming 563 nafar talabaning fikrlari va mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlari, 31 ming 379 nafar professor-o‘qituvchining chet tillari va axborot-texnologiyalarini bilish darajalari hamda 3 ming 740 nafar ish beruvchining fikri so‘rovnoma asosida o‘rganildi.Quvonarli jihati shundaki, ushbu reytingda Farg‘ona politexnika instituti "Top-5" likdan o‘rin egalladi. 2020 yil natijalariga ko‘ra, 53-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi yillardagi tizimli ishlar natijasida institut 2021 yil yakunlariga ko‘ra reytingda 34-o‘rinni, yangilangan reyting natijalarida esa 29 o‘rin yuqorilab, respublika OTMlari umumiy reytingida 5-pog‘onada e’tirof etildi.

– Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar samarasida professor-o‘qituvchilar va talabalarda innovatsiyalar hamda ilm-fanni o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi, – deydi institut rektori O‘ktamjon Salomov. – 16 mingdan ortiq yoshlar o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasamizda ham buni yaqqol ko‘rish mumkin. Bugungi kunda o‘qitish tizimi yangilandi, yangi muhit talabalarning dunyoqarashini o‘zgartiryapti. Ijodkorlik tufayli yangi innovatsion ishlanmalar hayotga tatbiq etilib, davlatimiz tomonidan rag‘batlantirilmoqda. Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, milliy va xalqaro reytinglarga olib kirish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarimiz tizimli davom etmoqda.

Shuningdek, texnika, texnologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi oliy ta’lim muassasalari reytingida ham institut 3-o‘rindan joy oldi. Ilm-fan amaliyot bilan uyg‘unlashsagina, samara beradi. Qolaversa, ilmiy izlanish va tadqiqotlar natijalarini ommalashtirishda ham gap ko‘p. Dunyodagi ilg‘or tajribalardan nafaqat xabardor bo‘lish, balki ularni puxta o‘rganish ham muhim. Buning uchun esa katta platforma kerak. Farg‘ona politexnika instituti ayni shu mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyatli bajarmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona politexnika instituti Top-5 likdan o‘rin oldi