Farg‘ona osmonida yulduzlar porladi
Mustaqillik shunday bebaxo nematki, uning qadrini xech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mustaqilligimiz yanada mustaxkamlandi, yangi Oʻzbekiston va uning Prezidenti islohotlarini dunyo tan olmoqda.
Buni birgina Fargʻona viloyati misolida xam koʻrish mumkin. Keyingi yetti yilda viloyatga qariyb 77 trillion soʻmlik investitsiyalar jalb etildi.
Xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniya va ishbilarmonlari bilan hamkorlikda yangi loyixalar ishga tushirildi. Bu yil viloyatimizda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan boʻlib, amaliy ishlarga kirishildi. Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona soni 729 taga yetkazildi.
[gallery-18987]
7-yil davomida viloyatda 652 ta 21296 xonadonli koʻp qavatli uy – joy qurildi.
- Men hayotimda bunaqa toʻkinchilik, obodonchilikni koʻrmaganman. Yurtimizda tarixiy voqealar boʻlyapti, - deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi Rishton tumani boʻlimi raisi Tursunxoʻja Abduraxmonov. – Bu nimadan? Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlaridan. Bu siyosat yurtimizda tantana qildi, boʻyini koʻrsatdi. Mamlakatimiz obod, xalqimiz farovon.
Fargʻonaning Ekoshaharidagi toʻrt ming oʻrinli amfiteatriga viloyatning eng faol, ilgʻor insonlari, yoshlar jamuljam boʻldilar. Mustaqillikning 33-yillik tarixiy yoʻlida jonbozlik koʻrsatgan jamoat tashkilotlari vakillari xam bor edi.
- Oliy taʼlimga bitiruvchilarni qamrab olish 50% dan oshdi. Kvotalar ortib bormoqda. Ayniqsa, qizlarning taʼlim olishiga katta eʼtibor berilmoqda, ularga davlat tomonidan taʼlim kreditlari toʻlab berilyapti. Bu yoshlarga yaratilgan katta imkoniyat, - deydi “Adolat” SDP viloyat kengashi raisi Shaxnoza Gʻaniyeva. – Oʻzbekiston “Adolat” SDP ham saylovoldi dasturlarida oʻz oldiga qoʻygan huquqiy davlat, adolatli jamiyat barpo etishda oʻzining amaliy ishlari bilan kamarbasta boʻlib kelmoqda.
- Biz bugun Oʻzbekiston degan davlatda yashayotgan ekanmiz mustaqillikning mevalarimiz, - deydi Oʻzmu talabasi Nilufar Ergasheva. – Bundan buyongi maqsadimiz, marralarimiz mustaqillik gʻoyalariga munosib boʻlish. Buning uchun astoydil oʻqib, yetuk mutaxassis, olim yurt bayrogʻiga munosib avlod boʻlamiz.
Bayram tantanalarini viloyat hokimi Xayrulla Bozarov ochib berdi. Soʻnggi yillarda Fargʻona viloyati erishgan yutuqlar bir-bir sanab oʻtildi.
[gallery-18984]
Shundan soʻng sahnaga birin ketin yosh ijrochilar, bolalar sanʼat maktabi tarbiyalanuvchilari va albatta Fargʻona hamda mamlakatning taniqli sanʼatkorlari chiqdilar. Qoʻshiq va raqs tamoshabinlarni qamrab oldi.
Xalq artistlari Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Usmonovalar Vatan madhini kuylaganlarida barcha joʻr boʻldi.
Tantana soʻnggida Fargʻona osmonini mushshak yulduzlari qoplab oldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/QQ5p8rSVH3w?si=zK1aXTm6RloIqFvP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muxammadjon Obidov
Tasvirchi: Elyor Olimov