Farg‘ona viloyatida dehqonchilik va bog‘dorchilikda o‘ziga xos maktab yaratilgan. Viloyat mirishkorlari yetishtirgan sarxil meva va sabzavot mahsulotlari bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilinayotgani, jahon bozorida o‘ziga yarasha o‘rni borligi ham fikrimizga dalil bo‘la oladi. Ayniqsa, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi, yerdan unumli foydalanish, hosildorlik va sifatni yuksaltirish maqsadida innovatsion yechimlarning tatbiq etilishi borasida birmuncha yutuqlarga erishilmoqda.

Quva tumani “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yillar davomida foydalanilmay yotgan tashlandiq yerlarda vaqt o‘tib hosildor bog‘ yaratiladi, desa ko‘pchilik ishonmagani rost. Lekin bugun bu qir-adirliklarda paydo bo‘lgan bepoyon  bog‘ni, sharbatga to‘lib g‘arq pishgan o‘rik hosilini ko‘rib, inson qo‘lining yaratuvchanligiga, mashaqqatlardan qo‘rqmay, ezgu maqsad sari intilish, astoydil mehnat qilish o‘z mevasini berishiga guvoh bo‘lish mumkin.  

“Ashurov Mo‘minjon” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan bundan uch yil oldin bu toshloq yerlar o‘zlashtirilib, 80 gektar maydonga xorijdan keltirilgan o‘rik ko‘chatlari qadalgan edi. Intensiv usulda parvarishlangan bog‘ ikki yilda hosilga kirdi. Hozir o‘rik hosili terib olinib, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Mirishkor bog‘bonlar joriy yilda 100 tonnadan ortiq meva eksport qilishni maqsad qilgan. Keyingi yillarda esa hosildorlik yanada ko‘payadi. 

E’tiborlisi, mevazor bog‘da Turkiya texnologiyasi asosida yuz foiz tomchilatib sug‘orish joriy etilgan. Mamlakatimiz bo‘ylab urfga kirayotgan bu sug‘orish usuli birmuncha afzalliklarga egaligi esa kunday ravshan.  

– Tomchilatib sug‘orish usuli suvni an’anaviy usulga qaraganda kamida besh-olti marotaba tejash hamda sug‘orish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beryapti. O‘z navbatida bunday zamonaviy yondashuv natijasida ko‘chatlar bir tekis rivojlanib, hosildorlik salmog‘i yuqori bo‘lishi ta’minlanyapti, – deydi meva-sabzavotchilik klasteri rahbari Karimjon Ashurov. – Yaydoq dasht va qirliklarga oqar suv olib kelish juda katta muammo. Shuning uchun quduq qazib, nasos yordamida yer osti suvini maxsus hovuzlarga quyishni yo‘lga qo‘ydik.  An’anaviy usulda shuncha yerni sug‘orish uchun kamida 10 kun bir necha nafar suvchilar tunu kun mehnat qilishi kerak bo‘lardi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida esa 80 gektar bog‘ni bir kunda sug‘orish mumkin.  

Meva-sabzavotchilik klasteri qoshida 8 gektar yerda ko‘chatchilik tarmog‘i ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu yil bahorda yurtimizning turli viloyatlariga 2 milliard so‘mlik sara navli o‘rik ko‘chatlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, 1 gektar yerda transport-logistika markazi bunyod etilyapti. Bu yerda mahsulotlarni qadoqlash uchun yashik va qutilar ishlab chiqarish sexi, transportga yuklash  joyi, 2 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborxona tashkil etiladi. 

Bugungi kunda 70 ta doimiy va 200 dan ziyod mavsumiy ish o‘rni yaratilgan meva-sabzavotchilik klasteri mutasaddilari ilm-fan yutuqlari va innovatsion g‘oyalar asosida yana 30 gektar mevazor bog‘ barpo etishni  reja qilishgan. Bu esa qo‘shimcha 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.  

Bundan tashqari, bu yerda gilos bog‘i, chorvachilik va baliqchilik tarmog‘i tashkil etishga kirishilgan. Yaqin istiqbolda ko‘p tarmoqli xo‘jalik tasarrufida meva mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, o‘rik qoqi tayyorlash sexini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona o‘riklari jahon bozorida