Farg‘ona meva va sabzavotlari xaridorgir
Farg‘ona bog‘lariga yana baraka kirgan. Qaysi yo‘ldan yurmang, “xurmo bor” yoki “xurmo olamiz” degan yozuvlarni ko‘rasiz. Birinchisida tillarang yoki qoraqizil sharbati oqib turgan xurmo uzilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, ikkinchi yozuvli maskanda 20-30 tonnali sovutgichli avtomashinalar yukdoniga maxsus idishlarga avaylab terilgan xurmo qutilarini yuklashayotgan manzaraga duch kelasiz. Har ikki holat ham eksport bilan bog‘liq. Quva, Quvasoy, Marg‘ilon bog‘lari hamda xonadonlardagi “hosilini ko‘tarolmay ayriga suyangan” shoxlardan xurmo uzilmoqda.
Umuman, Farg‘ona viloyati meva-sabzavot eksport qilishda mamlakatda yetakchilardan biriga aylandi. Mana, raqamlar bilan tanishing-a. Ular 2024 yilning yanvar-sentyabr oylaridagi eksportga tegishli.



Meva eksporti:
Gilos 1,7 ming tn. 2,2 mln. dol.
Olma 12,3 ming tn. 3,8 mln. dol.
Shaftoli 6,3 ming tn. 7,5 mln. dol.
Olxo‘ri 1,5 ming tn. 2,6 mln. dol.
Sabzavot eksporti:
Sabzi 15,9 ming tn. 3,9 mln. dol.
Pomidor 6,6 ming tn. 6,1 mln. dol.
Karam 24,4 ming tn. 7,1 mln. dol.
Darvoqe, hali viloyatdagi bir necha yuz sovuqxonalarda saqlanayotgan mevalar o‘z navbatini kutyapti.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA muxbiri