Qo‘qondagi III Xalqaro hunarmandchilik festivalida 70 ta davlatning 300 ga yaqin hunarmand, amaliy san’at tadqiqotchilari, dizaynerlari ishtirok etmoqda. Festivalning birinchi kuni Malayziyaning Saravak shtati turizm, ijodiy sanoat va saxna san’ati vaziri Dato Sri Abdul Karim Rahmon Xamzax ham yetib keldi.
Men O‘zbekiston prezidentining “Uchinchi Xalqaro Hunarmandchilik festivali va Xalqaro kulolchilik forumi ishtirokchilariga” yo‘llagan tabrigini xayajonlanib tingladim, - deydi vazir. – Zero Malayziyada ham hunarmandchilik rivoj topgan. Hunarmandni O‘zbekistondagi kabi qo‘llov biz uchun ibrat bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozarov festival doirasida Dato Sri Abdul Karim Rahmon Xamzaxni qabul qildi. Kelgusida Farg‘ona va Saravak shtatlari o‘rtasida turizm, san’at, madaniy yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatishga kelishib oldilar xamda uning natijalariga asoslangan memorandium imzoladilar.


Malayziyalik vazir Rishton xalqaro kulolchilik forumi rastalari bilan tanishdi. Malayziyalik hunarmandlar bilan suhbatlashdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DBWQkIrEMIM?si=heev7zJzTy87M6R3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muxammadjon Obidov, Elyor Olimov(video), O‘zA