Fargʻonalik mutasaddilar nega beeʼtibor?
FOTOTANQID
Siz koʻrib turgan ayni manzara, yaʼni behudaga oqib yotgan suv kecha, 2020-yil 28-oktyabr kuni Fargʻona shahrining Qirguli dahasida, aniqrogʻi 27-ATS binosining yonginasida suratga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, bir necha kun muqaddam suv chiqayotgan joy qazilib, teshilgan suv quvurini yamash va butlash ishlari amalga oshirilgan. Ammo bu ish qoʻl uchida bajarilganmi yoki boshqa sababmi, har holda suv isrofgarchiligi yana davom etmoqda. Eng achinarlisi, buloqdek otilib chiqayotgan bu suv shu yerdagi ayrim koʻp qavatli uylar hovlilariga ham oqib borib, yoʻllarni egallagan. Yoʻlovchilar va transport vositalarining harakati uchun noqulaylik tugʻdirgan.
Umid qilamizki, suvsozlar tez orada mazkur muammoni bartaraf etishadi.





