Fargʻonada yoshlar forumi oʻtkazilmoqda
Fargʻonada “Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlarimiz“ shiori ostida yoshlar forumi oʻtkazilmoqda.
Fargʻonada “Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlarimiz“ shiori ostida yoshlar forumi oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan forumning birinchi kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yoshlar ishtirokida yalpi majlislar va “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida tizim yoshlarining Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov bilan uchrashuvi oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi ,“Volonterlik faoliyati toʻgʻrisida”gi , “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlarining mazmun mohiyati va isteʼmolchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar aks etgan taqdimotlar oʻtkazildi.
Forum doirasida shuningdek, sport tadbirlari ham uyushtirildi. Fargʻona “Istiqlol” tennis kortida tennis sporti ustalari tomonidan mazkur sport turi tarixi, oʻyin asoslari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mahorat darslari oʻtkazildi. Shundan soʻng yoshlar ishtirokida tennis kortida ramziy musobaqa ham tashkil etildi.
Maʼlumki, federatsiya tashabbusi bilan respublikamiz boʻylab “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari amalga oshirilmoqda. Ana shunday majmualardan biri — Fargʻona tumani Vodil qishlogʻida bunyod etilgan. Yoshlar bu loyiha bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi. Mehmonlarga “Isteʼmolchi kutubxonasi”, tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan majmuaga tanishuv sayohati ham uyushtirildi.
Shuningdek, yoshlar Fargʻona shahrining diqqatga sazovor joylarini ham borib koʻrishdi.
Forum tadbirlari davom etmoqda.