Fargʻonada tibbiyot xodimlari kaltaklandi...mi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida tibbiyot xodimlariga tajovuz qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida tibbiyot xodimlariga tajovuz qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xoʻsh, aslida nima boʻlgan edi?
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 3-avgust kuni Oltiariq tuman “Katput” mahalla fuqarolar yigʻinidagi Binokor koʻchasi 5-uyga tez yordam xodimlari chaqiruvga asosan borgan. Ular mazkur koʻchaning kirish qismidagi yoʻl chetida fuqaro M.Q. fuqaro B.M. bilan tortishib turganligi sababli ularni oldiga toʻxtashib, B.M.ga yordam bermoqchi boʻlishgan. Ammo M.Q. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan haydovchi B.P. va hamshira O.P.larni qoʻli bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.