Farg‘onada tadbirkordan 60 ming dollar talab qilishdi
Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlangani qator qulayliklar yaratishi barobarida turli firibgarlik, shantaj quroli bo‘lib xizmat qilayotgani taassufli.
Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlangani qator qulayliklar yaratishi barobarida turli firibgarlik, shantaj quroli bo‘lib xizmat qilayotgani taassufli.
Farg‘onada M.Yu. ismli ayolda tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlar mavjud bo‘lgan. U esa bundan o‘zining past niyatida foydalanishga qaror qiladi. Tadbirkorga videoyozuvlarni tarqatib, raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 60 ming AQSh dollari talab qilgan.
Ayol aytilgan puldan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.