Fargʻonada karantinga olinib, koronavirusga chalingan 8 nafar bemor sogʻaydi
Bugunning ilk xushxabarini Fargʻona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz.
Bugunning ilk xushxabarini Fargʻona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Sogʻayganlar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Fargʻona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 76 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 84 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 1327 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.