Fargʻonada 30 nafar fuqaro karantindan chiqdi
Bugun Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi sihatgohga karantinga joylashtirilgan 30 nafar fuqarolar oʻz uylariga kuzatib qoʻyildi.
Bugun Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi sihatgohga karantinga joylashtirilgan 30 nafar fuqarolar oʻz uylariga kuzatib qoʻyildi.
Ular joriy yil 25-mart kuni Istanbul-Fargʻona charter reys bilan olinib kelinib, tibbiy kuzatuvga olingandi. Bu fuqarolarda kasallik aniqlanmadi.
Ularning 17 nafari Toshkent shahri, 5 nafari Samarqand, 4 nafari Andijon va yana Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatidan.Tibbiy koʻrik, tekshiruv va tahlillar belgilangan muddat va shartlarda amalga oshirildi. Ular maxsus transport vositalarida manzillariga kuzatildi.
Turkiyadan charter reys orqali olib kelinganlar orasida koronavirus kasalligiga chalingan fuqarolar boʻlib, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Mazkur reysda uchib kelganlarning bir qismi karantin muddati tugamaganligi uchun Rishton tumanidagi sogʻlomlashtirish markazida karantinda saqlanmoqda.