Aholining kambagʻal qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning daromad manbai topishiga koʻmaklashish bugun har bir sektor rahbarining asosiy vazifasiga aylandi.

Fargʻona viloyatida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, viloyatda 43 mingdan ortiq ehtiyojmand oila boʻlib, ularning sonini kamaytirish borasida aniq tadbirlar belgilab olingan.

Davlatimiz rahbari qiyinchilikka duch kelayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ish bilan taʼminlash hudud rahbarlarining eng ustuvor vazifasi boʻlishi lozimligini taʼkidladi.

Fargʻona tumanida 213 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan boʻlib, ularning 8 ming 830 nafar ishsizdir. 1 ming 558 ta kambagʻal oilalar “temir daftar”ga kiritilgan. Pandemiya sababli 736 nafar kishi vaqtincha ishini yoʻqotdi.

Sektorlar hududidagi kam taʼminlangan, kambagʻal oilalarning aholini ogʻir vaziyatdan chiqarish uchun maqsadli ishlarni amalga oshirish rejasi tuzilgan. Har bir sektor rahbari oʻz hududidagi kambagʻal aholiga yordam koʻrsatish choralarini koʻryapti. Ammo shunday boʻlsa-da, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilhomjon Nosirov hududida bu boradagi ishlarga yetarli eʼtibor qaratilmadi. Xususan, muxtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirishda beparvolikka yoʻl qoʻyildi.

Mazkur sektordagi 27 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 443 ta ehtiyojmand oila bor. 1 ming 880 nafar oila aʼzolaridan 239 nafari mehnatga layoqatsiz ishsizlardir. Koronavirus pandemiyasi davrida koʻplab aholi ishsiz qolib, qiyin ahvolga tushdi. Ayniqsa, tayin bir daromadga ega boʻlmagan oilalarning holatini bir tasavvur qilib koʻring. “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida bu kabi oilalarga tizimli yordam koʻrsatilmadi.

Rahbar xalq dardi va tashvishi bilan yashashi, lavozimni masʼuliyat deb bilishi kerak. Shu bois unga katta ishonch bildirilgan. Fargʻona tumani hokimi I.Nosirov yaxshi inson sifatida tanilgan boʻlsa-da, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli bajara olmadi. Xususan, uning sektorida kambagʻallikni qisqartirish borasida belgilangan vazifalar ijro etilmadi.

Tadbirkorlik, aholini ish bilan taʼminlash orqali oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish mumkin. Ammo sektorda bu yoʻnalish eʼtiborsiz qoldi. Qancha oilalar qiyin sharoitda ishsiz qolib, bazoʻr kun kechirishga majbur boʻlmoqda. “Barqaror hamjihatlik”, “Yoyilma”, “Vodil”, “Hosilot”, “Sanoat”, “Margʻilon” kabi mahallalardagi ehtiyojmand oila vakillarini ishga joylashtirishda sovuqqonlikka yoʻl qoʻyilgan. Vaholanki, tumanda buning uchun imkoniyatlar yetarli edi.

“Dilkusho” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Soyibjon Sodiqovlar oilasi “temir daftar” roʻyxatiga olingan. Oila boshligʻi mavsumiy ishlar bilan shugʻullanadi, turmush oʻrtogʻi Sardora fermer xoʻjaligida ishlaydi. Pandemiya davrida bu oila daromadsiz qoldi. Afsuski, sektor rahbari tomonidan biror yordam berilmadi. Ishga joylashtirish haqida gapirmasa ham boʻladi.

– Menga aniq yordam bera olasizlarmi? – deydi S.Sodiqov. – Kelib, holatimizni koʻrganinglar bilan natija yoʻq. Bunaqa maynavozchilikning nima keragi bor.

Ha, bu kabi qiynalgan oilalarning dardini eshitish azob. Ularni rozi qilish uchun amaliy saʼy-harakatlar qilinishi shart.

Prezidentimiz raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish koʻrsatkichi eng past sektor rahbari, Fargʻona tumani hokimi Ilhomjon Nosirov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Albatta, bu boshqa sektor rahbarlariga saboq boʻlishi kerak.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona tumani hokimi lavozimidan nega ozod qilindi?
Жамият
11:01 / 13:07:2020