Faol va iqtidorli talabalar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universitetida 2023 yilda eng yaxshi natijalarga erishgan, faol va iqtidorli yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘nggi yillarda yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasi alohida ta’kidlandi. Quvonarli jihati, universitet talabalari ham fan olimpiadalari, turli tanlov va sport musobaqalarda faol ishtirok etib, munosib yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
[gallery-15450]
Ayniqsa, 2023-2024 o‘quv yilida NamDUning 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa davlat stipendiyalari sovrindorlari safidan o‘rin oldi.
Tantanali taqdirlash marosimida nomdor stipendiyalar sovrindorlariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, «Yil talabasi-2023» respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari bo‘lgan yigit-qizlar ham munosib taqdirlandi. Talabalarga diplom, sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.
Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar talabalarga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Talabalar bunday e’tibor va rag‘bat ularni yanada kuchliroq bilim olishga, yanada yuksak marralarni zabt etishga undashini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA