Faol ayollar esdalik nishonlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi farmoni bilan ta’sis etilgan "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni mamlakatimizning barcha hududlarida hamyurtlarimizga tantanali topshirilmoqda.
Mazkur esdalik nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ham yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova mamlakatimizda xotin-qizlarning islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Oila, onalik va bolalik muhofazasi, xotin-qizlar bilan ishlashdagi faolligi uchun bir guruh fidoyi opa-singillarimizga "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi.
O‘zA