O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularning kasbi obro‘si va nufuzini oshirish, malakali kadrlarni ilmiy va pedagogik faoliyatga jalb etish uchun mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, shuningdek, olimlar va o‘qituvchilarning iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishtirokini ta’minlash maqsadida:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3655-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tabaqalashtirilgan holda o‘rtacha 25 foizga oshiriladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:

2018 yil 1 avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi miqdorini 2 baravar oshirish;

2018 yil 1 sentyabrdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining ish haqi miqdori quyidagi ikki bosqichda oshirilsin:

2019 yil 1 yanvardan – 20 foizga;

2019 yil 1 iyuldan – 25 foizga.

4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2018 yil 25 iyulgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin.

5. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablariga muvofiq 2018 yil

1 noyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlarini tasdiqlasin.

6. Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) uning “Ipoteka bank” ATIBda 100 million AQSH dollari miqdoridagi hisobraqamlarini ochgan holda tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

7. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy qilish;

ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni yuqori texnologik tadbirkorlik startap-loyihalarini birgalikda moliyalashtirish orqali amaliy natijalarga erishish uchun yo‘naltirish;

tadqiqotlarni amalga oshirilayotgan startap-loyihalarda ta’sischi sifatida ishtirok etish orqali tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yo‘naltirish.

8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash va tanlashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov va Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasining moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                           SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 20-iyul

PQ-3876

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida