55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 7 nafar o‘quvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik. Mazkur xabar ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan g‘oliblarning rag‘batlantirilishi yuzasidan muhokamalari, qiziqishlariga sabab bo‘ldi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda Fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, fan olimpiadalari g‘oliblarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etildi.

Mazkur qarorga ko‘ra faqatgina quyidagi dunyoda tan olingan nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

- Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO)),  

- Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO)),

- Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO)),

- Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO)),

- Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI))

- 1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 million so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravar (110,25 million so‘m);

- 2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 million so‘m), o‘qituvchisiga – 250 baravar (61,25 million so‘m);

- 3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 million so‘m), o‘qituvchisiga –150 baravarida (36,75 million so‘m).

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlari navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan quyidagicha qo‘shimcha ustama oladilar:

1-o‘rin (oltin medal) uchun – 200 foiz;

2-o‘rin (kumush medal) uchun – 175 foiz;

3-o‘rin (bronza medal) uchun – 150 foiz.

Yuqoridagi nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.  

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan nufuzli olimpiadalardan tashqari o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadalardagi o‘quvchilarning ishtiroki ham rag‘batlantirib borilmoqda. Xususan, 2021 yil davomida o‘tkazilgan Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi, Xalqaro Jautikov olimpiadasi hamda Kavkaz matematika olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan 21 nafar o‘quvchining barchasiga yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida monoblok, oltin medal sohiblariga qo‘shimcha ravishda televizorlar beriladi.  

Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan tashkilotlardan ham qo‘shimcha sovg‘alar berilishi ko‘zda tutilgan.

Fayzulo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi?