Fabio Kannavaro: men ahmoq emasman! (+video)
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jurnalistlar o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoa ustozi va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etib, jahon chempionati tayyorgarligi hamda bo‘lajak rejalar haqida ma’lumot berdi.
Anjuman avvalida Ravshan Ermatov terma jamoaning mundialgacha bosib o‘tgan yo‘li, AQSH safari va Kanada hamda Niderlandiya bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Undan keyin, Milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Shundan so‘ng terma jamoa futbolchilari ishtirokida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash lozim, mashg‘ulotlar avvalida ikki nafar futbolchi ham jurnalistlarni qiziqitirgan savollarga javob berdi.
Demak, Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani, futbolchilarimiz bilan flesh intervyular hamda mashg‘ulot jarayonini O‘zAning YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/CvR6DX6w4JI?si=l83QoyuKBvMp2Ued" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov (video), O‘zA