Fabian Ruis afsonaviy Garrincha rekordini ortda qoldirdi
Ispaniya terma jamoasi tarixidagi mutlaq rekord hanuz Karlos Marchenaga tegishli.
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis JCH–2026 finalida Argentinaga qarshi bahsda (1:0, qo‘shimcha bo‘limlarda) maydonga tushib, milliy jamoa safidagi ketma-ket mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 50 taga yetkazdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Ruis shu tariqa Braziliya afsonasi Garrinchaning rekordini ortda qoldirdi. Garrincha 1955–1966-yillar oralig‘ida terma jamoa safida 50 uchrashuvning 49 tasida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan edi.
Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi tarixidagi mutlaq rekord hanuz Karlos Marchenaga tegishli. U 2003–2010-yillar oralig‘ida ketma-ket 57 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.
Ta’kidlash joiz, Fabian Ruis JCH–2026 davomida Ispaniyaning barcha sakkizta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi.